Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy haftada Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Bundan tashqari, prezident hafta davomida Jahon banki prezidentining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘rinbosari Anna Byerdeni qabul qiladi.
Shavkat Mirziyoyev ilk bor o‘tgan yili 11-dekabr kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklidagi yig‘ilishida ishtirok etgan edi. O‘shanda yig‘ilish yakunida YeOIIga a’zo mamlakatlar yetakchilari O‘zbekistonga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qilgan edi.
Premyer-ministr RF M. Mishustin prinimayet uchastie v zasedanii Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2021
Savdo, kosmos va turizm: YeOII bosh vazirlari sammiti yakunlari
Aprel oxirida Qozon shahrida O‘zbekiston YeOII Iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzoladi. Memorandum doirasida YeOII Iqtisodiy komissiyasi O‘zbekiston hukumati bilan savdo siyosati, bojxona-texnik nazorati, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, dori vositalari va tibbiy buyumlar oboroti, moliya bozori, transport va energetika sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0