Umurzakov JST bosh direktori bilan tashkilotga qo‘shilish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi

© Press-slujba MIVT Zamestitel premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov

Zamestitel premyer-ministra, ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Sardor Umurzakov
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
Obuna bo‘lish
Ngozi Okonjo – Iveala respublikaning Tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonini faollashtirishga doir amalga oshirilayotgan tizimli va izchil chora-tadbirlarga hamda zarur hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishning sur’ati va sifatiga yuqori baho berdi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo – Iveala bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi jarayonining bugungi holati, shuningdek, respublikaning ushbu Tashkilotga qo‘shilishi doirasida muzokaralarni yanada faollashtirish bo‘yicha dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhining bu yilgi navbatdagi, 5-yig‘ilishini o‘tkaziladi.
N. Okonjo – Iveala Tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonida O‘zbekistonga har tomonlama yordam ko‘rsatishga va mushtarak masalalarni tezda hal qilish maqsadida bu yo‘nalishda birgalikda ish olib borishni jadallashtirishga tayyorligini bildirdi.
“Muzokaralar yakunida JST Kotibiyati bilan muntazam aloqalarni davom ettirish va Ishchi guruhning 5-yig‘ilishini sifatli tashkil etish, shuningdek, milliy qonunchilikni JST bitimlari meyorlariga muvofiqlashtirish hamda a’zo davlatlar bilan muzokaralar olib borish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash maqsadida uning texnik yordamini jalb etishga kelishildi”, - deyilgan xabarda.
2017 yil noyabr oxirida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida mamlakat JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha sa’y-harakatlarni boshlab yuborganini ta’kidlagan edi. 2019-yil iyulda O‘zbekiston tomoni mamlakatning tashkilotga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun JSTga tashqi savdo to‘g‘risidagi yangilangan memorandumni bergan. Mamlakat tashqi ishlar vazirligining ma’lumoti bo‘yicha, O‘zbekiston JSTga qo‘shilishida iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakat sifatida ma’lum bir imtiyozlarga ega bo‘lishni mo‘ljallamoqda.
Logotip VTO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2020
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha uchrashuvlarni qayta boshlaydi
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning dekabr oyida O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi maqomini olgan edi. Shundan so‘ng respublika YeOIIning barcha ochiq majlislarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan. Aprel oxirida O‘zbekiston YeOII Iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzoladi.
YeOII va JST - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2020
YeOIImi yoki JST - so‘rov natijasi
Yangiliklar lentasi
0