NYT: AQShning xorijdagi ayrim vakillarida miya shikastlanishi aniqlandi

© Depositphotos.com / Sudok1MRT-snimok golovnogo mozga
MRT-snimok golovnogo mozga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.05.2021
Obuna bo‘lish
Xabarga ko‘ra, xuddi shu singari hodisalar besh yilcha oldin tarqala boshlagan.
TOShKENT, 13-may - Sputnik. Chet elda faoliyat yuritgan 130dan ortiq amerikalik diplomatlar va harbiylar miya shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan sirli muammolarga duch kelishdi, deb xabar bermoqda New York Times nashri sobiq hamda hozirda xizmatda bo‘lgan rasmiy shaxslarga tayangan holda.
Xabarda aytilishicha, dastavval Xitoy va Kubada 60ta holatda xuddi shunday muammolarga duch kelingani aniqlangan. Endilikda Yevropa va Osiyo davlatlaridagi diplomatlarda xuddi shunday shikastlanishlar qayd etilgan.
Mamlakat ichida qayd etilgan holatlar, manbalarning ta’kidiga ko‘ra, jabrdiydalar bilan chet elda yuz bergan holatning asorati bo‘lishi ehtimolga ancha yaqin.
Amerikanskiy voyenniy proizvodit vistrel iz protivotankovogo raketnogo kompleksa (PTRK) Javelin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
“Bu “Javelin”lardan jiddiyroq”: AQSh Ukrainaga yangi qurol beradi
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, odamlardagi miya shikastlanishi darajasi bosh og‘rig‘idan tortib, suitsid haqidagi o‘y-xayollar o‘rtasida tebranib turadi.
Xabarga ko‘ra, xuddi shu singari hodisalar besh yilcha oldin tarqala boshlagan.
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ushbu holatlar sabablarini tekshirish uchun mudofaa vazirligi ishtirokini kuchaytirishga harakat qilgan.
Ammo, New York Times xabariga ko‘ra, ma’muriyat xodimlari salomatlik haqidagi ma’lumotlar federal muhofazasi tufayli qiyinchiliklarga duch kelgan, bu idora kerakli ma’lumotlarni cheklab qo‘ygan.
Ilgariroq CNN telekanali o‘z manbalariga tayangan holda AQSh hukumati mamlakat ichida yuz bergan ikkita hodisa bo‘yicha o‘rganish olib borayotgani haqida xabar bergan edi. Ushbu hodisalar chet elda amerika xodimlariga qarshi "yo‘naltirilgan energiya" texnologiyasini qo‘llaganlik hujumlariga o‘xshash.
Xuddi shunday hujumlardan biri AQSh hududida taxminan 2020-yilning noyabr oyida Oq uy yaqinida yuz bergan. Boshqa bir holat 2019-yilda - o‘shanda Oq uy xodimasi Vashington bilan chegaradosh bo‘lgan Virjiniya shtatidagi tumanlardan birida iti bilan sayr qilib yurganida xuddi shunday hujumga uchragan.
Muzey MVD - izyatoe orujie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Eng shov-shuvli jinoyatlarga oid bo‘lgan qurol-aslaha va buyumlar – IIBB muzeyidan lavha
Manbalarning ta’kidiga ko‘ra, ushbu AQSh hududidagi holatlar chet elda yuz bergan hodisalarga bog‘liqligi hali aniqlanmagan. Surishtiruvga aloqasi bo‘lganlarning taxminlariga ko‘ra, ushbu hujumlar ortida Rossiya turgan bo‘lishi mumkin, ammo bu haqda hali ma’lumot yo‘qligi tufayli biron gap aytib bo‘lmaydi.
Gumondor davlatlar qatoriga Xitoy ham kiritilgan.
AQSh Davlat departamenti ushbu sindromga aynan nima sabab bo‘lganligi to‘g‘risida aniq bir xulosaga kelmagan. Vaqti-vaqti bilan AQSh matbuotida Rossiyani "akustik hujumlar" ni uyushtirishda ayblashlar bo‘lgan, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu ayblovlarni "mutlaqo bema’nilik va g‘alati talqinlar" deya atab keladi.
Yangiliklar lentasi
0