“Xitoy-Markaziy Osiyo” TIV uchrashuvi: muhokama qilinadigan masalalar

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Shanxay
Goroda mira. Shanxay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2021
Obuna bo‘lish
“Xitoy – Markaziy Osiyo” tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi to‘g‘risida.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. 11-12-may O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Sian shahrida bo‘lib o‘tadigan “Xitoy – Markaziy Osiyo” ikkinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif bilan boradi.
Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ham qatnashadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev v ramkax proxodashego v Sindao Sammita ShOS vstretilsya s Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
O‘zbekiston va Xitoy tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
Vazirlar uchrashuvi chog‘ida o‘zaro siyosiy ishonchni mustahkamlash, tomonlar uchun manfaatli hamkorlikni yanada ilgari surish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, transport yo‘laklari bog‘liqligiga ko‘maklashish va uzluksiz savdoga keng yo‘l ochish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tashrif davomida Kamilov Xitoy TIV rahbari Van I bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi va “Ipak yo‘li” 5-Xalqaro EKSPO ochilish marosimida nutq so‘zlaydi.
Yangiliklar lentasi
0