https://oz.sputniknews.uz/20210512/samarqand-va-namangan-viloyatlarida-aholini-sputnik-v-bilan-emlash-boshlandi-18690234.html
Samarqand va Namangan viloyatlarida aholini “Sputnik V” bilan emlash boshlandi
Samarqand va Namangan viloyatlarida aholini “Sputnik V” bilan emlash boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi 4-sonli oilaviy poliklinika fuqarolar “Sputnik V” bilan emlana olishi mumkin bo‘lgan yagona tibbiyot muassasi bo‘ladi. 12.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-12T12:17+0500
2021-05-12T12:17+0500
2021-05-12T12:22+0500
jamiyat
samarqand viloyati
sputnik v vaksinasi
namangan viloyati
o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1d/18551829_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_ee4a5fb28146421d823b191918949698.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonning Samarqand va Namangan viloyatlarida aholini koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” bilan emlash boshlandi. STV telekanali xabariga ko‘ra, Samarqanddagi 4-sonli oilaviy poliklinika fuqarolar “Sputnik V” bilan emlana olishi mumkin bo‘lgan yagona tibbiyot muassasi bo‘ladi. Birinchi bosqichda Rossiya vaksinasini 65 yoshdan katta aholi va tibbiyot xodimlari, surunkali kasalligi bor fuqarolar tanlashi mumkin.4-sonli oilaviy poliklinikaga “Sputnik V” vaksinasining 900 dozasi keltirilgan. Uni saqlash va transportirovka qilish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati ham hududda “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlangani haqida xabar qildi. Birinchi bosqichda COVID-19 ga qarshi emlanishi lozim bo‘lgan 65 yoshdan katta aholi va tibbiyot xodimlari hamda o‘qituvchi, MTT xodimlari, surunkali kassalligi bor aholini emlash ishlari davom ettirilmoqda.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 7-maydan “Sputnik V” vaksinasi hududlarga yetkazib berilishi jarayoni boshlangan edi.O‘zbekistonda 1-apreldan buyon shu kungacha jami 1 236 240 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 078 618, 2-bosqichda emlanganlar 157 622 nafarni tashkil qilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210429/bu-aniq-sputnik-vmi-rossiya-vaktsinasi-toshkent-18560608.html
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1d/18551829_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_f393bd0862207b2775af70f15077487b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, samarqand viloyati, sputnik v vaksinasi, namangan viloyati, o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
jamiyat, samarqand viloyati, sputnik v vaksinasi, namangan viloyati, o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
Samarqand va Namangan viloyatlarida aholini “Sputnik V” bilan emlash boshlandi
12:17 12.05.2021 (yangilandi: 12:22 12.05.2021) Samarqanddagi 4-sonli oilaviy poliklinika fuqarolar “Sputnik V” bilan emlana olishi mumkin bo‘lgan yagona tibbiyot muassasi bo‘ladi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonning Samarqand va Namangan viloyatlarida aholini koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” bilan emlash boshlandi.
STV telekanali xabariga ko‘ra, Samarqanddagi 4-sonli oilaviy poliklinika fuqarolar “Sputnik V” bilan emlana olishi mumkin bo‘lgan yagona tibbiyot muassasi bo‘ladi. Birinchi bosqichda Rossiya vaksinasini 65 yoshdan katta aholi va tibbiyot xodimlari, surunkali kasalligi bor fuqarolar tanlashi mumkin.
4-sonli oilaviy poliklinikaga “Sputnik V” vaksinasining 900 dozasi keltirilgan. Uni saqlash va transportirovka qilish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.
Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati ham hududda “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlangani haqida
xabar qildi. Birinchi bosqichda COVID-19 ga qarshi emlanishi lozim bo‘lgan 65 yoshdan katta aholi va tibbiyot xodimlari hamda o‘qituvchi, MTT xodimlari, surunkali kassalligi bor aholini emlash ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 7-maydan “Sputnik V” vaksinasi hududlarga yetkazib berilishi jarayoni
boshlangan edi.O‘zbekistonda 1-apreldan buyon shu kungacha jami 1 236 240 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 078 618, 2-bosqichda emlanganlar 157 622 nafarni tashkil qilmoqda.