Bu aniq “Sputnik V”mi?: Rossiya vaksinasi Toshkentda emlanuvchilarni hayratda qoldirdi

© SputnikVaksinatsiya Sputnik V
Vaksinatsiya Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasi bilan 65 yoshdan oshganlarni emlash davom etmoqda. Hozircha bu vaksina faqat poytaxtda.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik, Anna Jelixovskaya. Ertalab poytaxtning Mirobod tumanidagi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida har qachongidan gavjum.
Uzoq kutilgan ukolni olmoqchi bo‘lgan kishilar poliklinika koridorida juda ko‘p. Haftaning boshida respublikaga olib kelingan Rossiya “Sputnik V” vaksinasi tufayli tanlov ro‘yxati kengaydi.
Bunday sharoitda ijtimoiy masofani saqlash juda qiyin, shuning uchun tashrif buyuruvchilar oqimi ko‘payishi bilan tibbiyot xodimlari ro‘yxatlarni tuzib, ularni navbat bilan emlash xonasiga kiritishmoqda.
Hamma ertalab salqin vaqtda emlanishni xohlaydi. Tushlik va undan keyin odamlar nisbatan kamroq.
© SputnikXolodilnik dlya xraneniya vaksini Sputnik V
Xolodilnik dlya xraneniya vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Xolodilnik dlya xraneniya vaksini Sputnik V
Hozir Toshkentda ob-havo juda issiq, shuning uchun ko‘pchilik issiqlik boshlanishidan oldin uyga qaytib kelish uchun vahliroq emlanishga harakat qilmoqda.
Vaksinani olishdan oldin bemorlar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Pasport, shifokorning yo‘llanmasi bo‘lishi kerak. Terapevt surunkali kasalliklar borligini aniqlash, bosim va haroratni o‘lchash uchun qisqa so‘rov o‘tkazadi. Agar ukol olish uchun qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, tashrif buyuruvchi emlash-xonasiga yuboriladi.
Hamshiralar ampulani bevosita emlanuvchi yonida ochishadi. Ampula 0,5 ml – bu bitta doza. Tibbiyot xodimlari keksa odamlarning vaksinatsiyaga doir barcha savollarga javob berishmoqda. Emlanganlarni xavotirga soladigan asosiy savollardan bir - nega ampula qutisida "Sputnik V" degan yozuv yo‘q. Darhaqiqat, vaksina qutisida Gam-KOVID-Vak - preparatning texnik nomi yozilgan - bu esa odamlarni chalkashtiradi.
Vaksina Sputnik-V - Sputnik O‘zbekiston
Gam-KOVID-Vak ("Sputnik V")

Mushak ichiga yuboriladigan eritma - 2 komponentdan iborat. Klinik tadqiqotlar natijasida “Sputnik V” vaksinasining samaradorligi 91,4% ekanligini ko‘rsatdi. “Sputnik V” vaksinasining koronavirusning og‘ir holatlariga qarshi samaradorligi 100% ni tashkil qiladi", - deyilgan vaksina rasmiy saytida.

Mushak ichiga yuboriladigan eritma - 2 komponentdan iborat. Klinik tadqiqotlar natijasida “Sputnik V” vaksinasining samaradorligi 91,4% ekanligini ko‘rsatdi. “Sputnik V” vaksinasining koronavirusning og‘ir holatlariga qarshi samaradorligi 100% ni tashkil qiladi", - deyilgan vaksina rasmiy saytida.
Bundan tashqari, vaksina delta mushagiga kiritilishi ta’kidlangan. Agar bu joyga inyeksiya qilishning iloji bo‘lmasa, preparatni yonbosh keng mushak lateral mushagiga yuborishga ruxsat beriladi.

Emlash ikki bosqichda amalga oshiriladi: avval I komponent bilan, so‘ngra 21 kundan keyin II komponent bilan emlanadi, - deyiladi rasmiy sahifada. Biroq, markaziy poliklinikada emlanuvchilardan 28 kundan keyin kelish so‘ralmoqda.

Vaksinaning nojo‘ya ta’siri yo‘qligi va allergiya keltirib chiqarmaganiga qaramay, inyeksiyadan so‘ng klinikada 30 daqiqa kutib turishi so‘raladi. Agar kerak bo‘lsa, unga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatiladi.
© SputnikVaksinatsiya Sputnik V
Vaksinatsiya Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Vaksinatsiya Sputnik V
Emlashdan bir kun o‘tib, hamshiralar emlangan kishilarning ahvolini bilish uchun ularga qo‘ng‘iroq qilishadi, deb aytishdi Markaziy poliklinikada.
Emlash kabinetida bir vaqtning o‘zida 3 kishigacha ukol oladi.
Kecha Mirobod tumani markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikada 90 kishi qabul qilindi. Ularning soni tibbiy muassasaga taqdim etiladigan ampula upakovkasi soniga bog‘liq. Agar kerak bo‘lsa, poliklinika qo‘shimcha ravishda vaksinalarni so‘raydi.
Vaksinatsiya olishni istaganlar tibbiy xodimlarga qaraganda ko‘p. Har bir hamshira bir xil savollarga javob berishi kerak.
Avvalo, uch kun ichida inyeksiya joyini namlash kerak emas, allergik ovqatlar va gazlangan ichimliklardan tiyilish kerak. 28 kundan keyin yana emlash amalga oshiriladi. Yana “Sputnik V” – bu “GamKovidVak” vaksinasining savdo nomi ekanligini bilish muhim.
O‘zbekistonliklarni xavotirga soladigan yana bir muhim jihat - bu protsedura narxi. Koronavirusga qarshi emlash bepul, shu jumladan Rossiya preparati bilan ham. Agar preparat haqida shubha tug‘ilsa, fuqaro unga preparat sertifikatini ko‘rsatishni so‘rashga haqli. Bu keksa odamlarni tinchlantirishga yordam beradi.
© SputnikVaksinatsiya Sputnik V
Vaksinatsiya Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Vaksinatsiya Sputnik V
Ikkinchi ukoldan so‘ng barcha emlanganlar tegishli emlash sertifikatini oladi.
Koronavirusga qarshi kurash kampaniyasi doirasida Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonga 1 million doza “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, bu preparatni respublikada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda AstraZeneca vaksina (660 ming doz), shuningdek, o‘zbek-xitoy preparati bilan emlash davom etmoqda. Buning uchun 2 millionga yaqin doza olib kelindi.
Yangiliklar lentasi
0