https://oz.sputniknews.uz/20210512/mirziyoev-va-erdogan-sharqiy-quddusdagi-vaziyatdan-xavotirda-ekanini-bildirdi-18702594.html
Mirziyoyev va Erdog‘an Sharqiy Quddusdagi vaziyatdan xavotirda ekanini bildirdi
Mirziyoyev va Erdog‘an Sharqiy Quddusdagi vaziyatdan xavotirda ekanini bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Telefon suhbati avvalida O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladi. 12.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-12T19:39+0500
2021-05-12T19:39+0500
2021-05-12T19:39+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
rejep tayyip erdog‘an
isroil
quddus
falastin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/666/02/6660279_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_511f3257cda4a0f86bf6c9662cc792ff.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, davlat rahbarlari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlagan va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilgan.Davlat rahbarlari Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhim ekanini qayd etdi. Bundan tashqari, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, transport, turizm, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishning borishi ko‘rib chiqildi.Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi munosabati bilan chuqur xavotirda ekanligini bildirdi.Bundan tashqari, ikki mamlakat rahbarlari Turkiy kengash, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni muhokama qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210512/yongin-yoqotishlar-vayronalik-isroil-va-gazo-sektoridagi-oq-yogdirish-oqibatlari-18700286.html
https://oz.sputniknews.uz/20210512/ozbekiston-isroil-va-falastinni-zoravonlikka-chek-qoyishga-chaqirdi-18699267.html
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/666/02/6660279_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_ab442aa278562ab9cf7abeb2575918c1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, rejep tayyip erdog‘an, isroil, quddus, falastin
siyosat, shavkat mirziyoyev, rejep tayyip erdog‘an, isroil, quddus, falastin
Mirziyoyev va Erdog‘an Sharqiy Quddusdagi vaziyatdan xavotirda ekanini bildirdi
Telefon suhbati avvalida O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati bergan
xabarga ko‘ra, davlat rahbarlari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlagan va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilgan.
Davlat rahbarlari Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhim ekanini qayd etdi. Bundan tashqari, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, transport, turizm, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishning borishi ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi munosabati bilan chuqur xavotirda ekanligini bildirdi.
“Falastin-Isroil muammosi xalqaro huquq normalariga muvofiq, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan avval qabul qilingan rezolyutsiyalar asosida tinch yo‘l bilan hal etilishi lozimligi qayd etildi”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, ikki mamlakat rahbarlari Turkiy kengash, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni muhokama qildi.