https://oz.sputniknews.uz/20210512/koronavirus-va-potentsiya-kasallik-impotentsiyaga-olib-keladimi-18703126.html
Koronavirus va potensiya: kasallik impotensiyaga olib keladimi
Koronavirus va potensiya: kasallik impotensiyaga olib keladimi
Sputnik O‘zbekiston
Mayami Universiteti Miller Tibbiyot maktabi tadqiqotchilari COVID-19 uzoq vaqt davomida jinsiy a’zo to‘qimalarida saqlanib qolishini, kasallikka chalingan... 12.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-12T20:48+0500
2021-05-12T20:48+0500
2021-05-12T20:48+0500
dunyoda
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/10/17782695_0:0:2999:1686_1920x0_80_0_0_9c6572699c94b32fd4f9f0bc0e654060.jpg
TOShKENT, 12-may - Sputnik. Amerikalik olimlar COVID-19 jinsiy a’zo to‘qimalarida uzoq vaqt saqlanib qolishini, bu esa erkaklarda erektil disfunksiyani keltirib chiqarishini aniqladilar, deb xabar beradi World Journal of Men's Health.Mualliflarning aniqlashlaricha, ilgariroq potensiyadan shikoyati bo‘lmagan erkaklarda bu muammo ular infeksiyaga chalingach paydo bo‘ladi."Virus endotelial hujayralarga kirib, ko‘plab organlarga, jumladan, jinsiy a’zoga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin", - deb ta’kidlaydi tadqiqot rahbari Ranjit Ramasami.Koronavirusning oqibatlaridan biri bu - kichik qon tomirlarining shilliq qavatining buzilishi holati bo‘lib, natijada to‘qimalar o‘z funksiyalarini yo‘qotadilar.Bu singari buzilishlar odamlardan kasallikni boshdan kechirgandan keyin darhol va hatto oradan sakkiz oy o‘tgach ham kuzatilgan.Tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, ilgariroq erektil disfunksiyadan shikoyat qilmagan erkaklar koronavirus infeksiyasini boshdan kechirgach shu singari muammolar rivojlangan. Tadqiqot mualliflari, ushbu sohadagi har qanday muammoga duch kelgan erkaklar shifokorga murojaat qilishlari lozim, deya ogohlantirishmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210507/hindistonga-koronavirus-shtormi-yopirildi-mamlakatda-nimalar-roy-bermoqda-18636216.html
https://oz.sputniknews.uz/20200425/Koronavirus-umr-davomiyligiga-anday-tasir-krsatadi-13999697.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/10/17782695_90:0:2819:2047_1920x0_80_0_0_a4555ce374f4e1316e826697c8d9c135.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, covid-19 umumjahon pandemiyasi
dunyoda, covid-19 umumjahon pandemiyasi
Koronavirus va potensiya: kasallik impotensiyaga olib keladimi
Mayami Universiteti Miller Tibbiyot maktabi tadqiqotchilari COVID-19 uzoq vaqt davomida jinsiy a’zo to‘qimalarida saqlanib qolishini, kasallikka chalingan erkaklarda esa ereksiya muammosi yuzaga kelishini aniqladilar.
TOShKENT, 12-may - Sputnik. Amerikalik olimlar COVID-19 jinsiy a’zo to‘qimalarida uzoq vaqt saqlanib qolishini, bu esa erkaklarda erektil disfunksiyani keltirib chiqarishini aniqladilar, deb xabar beradi World Journal of Men's Health.
Mualliflarning aniqlashlaricha, ilgariroq potensiyadan shikoyati bo‘lmagan erkaklarda bu muammo ular infeksiyaga chalingach paydo bo‘ladi.
"Virus endotelial hujayralarga kirib, ko‘plab organlarga, jumladan, jinsiy a’zoga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin", - deb ta’kidlaydi tadqiqot rahbari Ranjit Ramasami.
Koronavirusning oqibatlaridan biri bu - kichik qon tomirlarining shilliq qavatining buzilishi holati bo‘lib, natijada to‘qimalar o‘z funksiyalarini yo‘qotadilar.
Bu singari buzilishlar odamlardan kasallikni boshdan kechirgandan keyin darhol va hatto oradan sakkiz oy o‘tgach ham kuzatilgan.
Tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, ilgariroq erektil disfunksiyadan shikoyat qilmagan erkaklar koronavirus infeksiyasini boshdan kechirgach shu singari muammolar rivojlangan.
Tadqiqot mualliflari, ushbu sohadagi har qanday muammoga duch kelgan erkaklar shifokorga murojaat qilishlari lozim, deya ogohlantirishmoqda.