Davlat soliq qo‘mitasi deputat Rasul Kusherbayev bilan sudlashmaydigan bo‘ldi

© Press-slujba GNKVstrecha predstaviteley profsoyuza GNK s deputatom Rasulom Kusherbayevim
Vstrecha predstaviteley profsoyuza GNK s deputatom Rasulom Kusherbayevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2021
Obuna bo‘lish
Davlat soliq qo‘mitasi va Rasul Kusherbayev o‘rtasidagi masala sudgacha olib borilmasdan to‘xtatildi
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasi birlashgan kasaba uyushmasi vakillari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘rtasidagi masala sudgacha olib borilmasdan, to‘xtatishga qaror qilindi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, tomonlar uchrashgan va muzokaralar davomida yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishgan.
Rasul Kusherbayev, deputat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
“Ma’naviy zarar 4,6 mlrd so‘m”: Davlat soliq qo‘mitasi Rasul Kusherbayevni sudga berdi
“Har ikki tomonning ham maqsadi va maslagi birligi, ya’ni mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz turmush farovonligi yo‘lida xizmat qilish ekanligi ta’kidlandi. Masalani sudgacha olib bormasdan, to‘xtatishga qaror qilindi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Davlat soliq qo‘mitasi Rasul Kusherbayevning Human.uz axborot portalidagi “So‘z blogerlarga” ko‘rsatuvida aytgan gaplarini haqoratomuz deb hisoblab, uni sudga bergan edi. Da’vo arizasida deputatning hatti-harakatlari soliq organlariga 4,6 mlrd so‘m zarar yetkazganligi ko‘rsatilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0