“Ma’naviy zarar 4,6 mlrd so‘m”: Davlat soliq qo‘mitasi Rasul Kusherbayevni sudga berdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRasul Kusherbayev, deputat
Rasul Kusherbayev, deputat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Obuna bo‘lish
Qo‘mita xabariga ko‘ra, deputat xatti-harakatlari orqali soliq organlariga 4,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zarar yetkazgan.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ustidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, bunga Kusherbayevning Human.uz axborot portalidagi “So‘z blogerlarga” ko‘rsatuvining 2021-yil 23-fevraldagi sonida aytgan haqoratomuz so‘zlari sabab bo‘lgan.
Davlat soliq qo‘mitasi deputatning ko‘rsatuvda aytgan quyidagi gaplarini keltirgan:
“...oddiy soliq qo‘mitasining xodimi yoki mutaxassisi yuk xati nima uchun kerak bo‘lishini, xatto u shunchalik bilmaydimi yo tadbirkorlar, yo odamlar shunchalik ahmoq deb o‘ylaydimiki, o‘zini qilayotgan ishini noto‘g‘rimasligini isbotlashi uchun dalil sifatida yukxatini ko‘rmoqchi... Pastkashlik bo‘lsa shunchalik bo‘ladiki, soliq xodimi tadbirkordan yuk-xatigacha so‘rayapti, uyidagi tualetnaya bumagani qanaqasini ishlatishini ham so‘ramabdida... Soliq organlari aylanib o‘girilib tadbirkorni aybdor deb topishim kerak degan prinsipda ishlayapti...” – degan Kusherbayev intervyu davomida.
Qo‘mita Rasul Kusherbayev ushbu so‘zlar bilan soliq organlari xodimlarini asossiz ayblagan va ushbu xatti-harakatlari orqali soliq organlari xodimlari ishchanlik obro‘siga putur yetkazgan deb hisoblaydi.
Idora yuqorida aytilgan vaziyatlar yuzasidan qonunlardan iqtibos keltirib izoh bergan:
Sherzod Kudbiyev – Ministr zanyatosti i trudovix otnosheniy Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2021
DSQ raisi Olmaliqda sotuvchilar bilan bo‘lgan voqea uchun uzr so‘radi
Soliq kodeksining 138-moddasi, 4-qismida kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi soliq to‘lovchidan (soliq agentidan, uchinchi shaxsdan) hisobga olish hujjatlarini, taqdim etilgan soliq hisobotiga va hisobga olish hujjatlariga doir tushuntirishlarni, shuningdek soliq hamda yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq boshqa axborotni so‘rab olishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Soliq kodeksining 223-moddasi, 3-qismiga muvofiq, yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini (yuk-xati) rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar bo‘yicha tashish soliq bazasini yashirish deb e’tirof etiladi.
Shu bois qo‘mita Rasul Kusherbayev ommaviy axborot vositalari orqali raddiya berishi hamda kechirim so‘rashi lozim deb hisoblaydi.

“Javobgar xatti-harakatlari orqali soliq organlariga 4,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zarar yetkazgan. Ushbu ma’naviy zarar undirilgach, “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasiga o‘tkaziladi", — deyilgan xabarda.

Xabarda davlat soliq xizmati organlari so‘z erkinligiga qarshi emasligi qo‘shimcha qilingan.
“Biroq har qanday asossiz fikrlar uchun belgilangan tartibda, qonun doirasida javob berish lozimligini ham unutmaslik kerak”, - deya xulosa qilgan qo‘mita.
Yangiliklar lentasi
0