Xitoy AQShni inson huquqlarini monopollashtirmaslikka chaqirdi

© AFP / Philip PachecoFlag Kitaya
Flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2021
Obuna bo‘lish
AQSh, inson huquqlari haqida emas, balki faqatgina o‘z manfaatlari va gegemoniyasi uchun qayg‘urmoqda, deydi Xitoyning xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari xalq jamiyati rahbari Lin Suntan.
TOShKENT, 9-may – Sputnik. Vashington inson huquqlari mavzusidan tobe bo‘lishni va yon bosishni istamaydigan mamlakatlarga bosim o‘tkazish uchun diplomatik instrument sifatida foydalanadi, lekin inson huquqlari AQSh monopoliyasi yoki u ega bo‘lgan imtiyozga kirmaydi, deb bayonot qildi Xitoyning xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari xalq jamiyati rahbari Lin Suntan.
"Inson huquqlari Qo‘shma Shtatlarning imtiyozi yoki monopoliyasi emas, balki butun insoniyatning umumiy intilishidir. Millati, etnik kelib chiqishi yoki madaniyatidan qat’i nazar, dunyodagi barcha odamlar uchun teng huquq va erkinliklar, munosib ish, birinchi galdagi ehtiyoj mollari, uy-joy, ta’lim va sog‘liqni saqlash bilan ta’minlash xalqaro inson huquqlari faoliyatining ajralmas qismidir", - dedi Lin Suntan Xitoyda qashshoqlikka qarshi kurash, taraqqiyot va inson huquqlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan seminarda.
Peregovori s uchastiyem gossekretarya SShA Entoni Blinkena i sovetnika prezidenta po nasbezopasnosti Djeyka Sallivana, a takje glavi kanselyarii komissii SK KPK po inostrannim delam Yan Szechi i ministra inostrannix del Kitaya Vana I v Ankoridje, SShA - RIA Novosti, 1920, 29.03.2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
AQSh yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti
AQSh, inson huquqlari haqida emas, balki faqatgina o‘z manfaatlari va gegemoniyasi uchun qayg‘urmoqda, deya qayd etdi u.
"AQSh va boshqa G‘arb davlatlari real inson huquqlari haqida qayg‘urmayaptilar. Ularning bunga endi haqqi yo‘q va ular endi inson huquqlari haqida gapirishdan uyalishlari kerak", - deya qayd etdi Lin Suntan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh o‘nlab yillar davomida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida go‘yoki "inson huquqlarini himoyalab kelgan", ammo bironta bir davlatga taraqqiy etish masalasiga muvaffaqiyatli yechim topishda yordam berish uchun hech qachon bironta harakatni amalga oshirmagan.
Predsedatel KNR Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
Si Szinpin Xitoy va AQSh qarama-qarshiligini butun dunyo uchun falokat deb atadi
"AQSh kapital va siyosat haqida qayg‘urib keladi, boy insonlarning huquqlarini himoyalaydi. Boylar yanada boyiydi, qashshoqlar – qashshoqlashib boraveradi. AQShdagi 50ta eng badavlat insonlarning mol-mulki qiymati 165 million eng qashshoq odamlarning mol-mulki qiymatiga teng", - dedi u.
Shu bilan birga, Lin Suntan, Vashington o‘z gegemonligini saqlab qolish va xudbinona manfaatlariga xizmat qilish uchun inson huquqlari mavzusini bo‘ysunishni va yon berishni istamagan mamlakatlarga bosim o‘tkazish uchun diplomatik instrument sifatida ishlatishini qo‘shimcha qildi.
"1991 yildan AQSh Fors qo‘ltig‘i, Kosovo, Afg‘oniston, Iroq, Liviya va Suriyada urush boshladi, bu fuqarolar orasida ommaviy qurbonlar bo‘lishiga olib keldi, ko‘p sonli qochoqlar muammosini yuzaga keltirdi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida AQSh turli xil bahonalar ostida Kuba, Venesuela, Eron, Suriya, Zimbabve va boshqa qator davlatlarga bir yoqlama sanksiyalar kiritib keldi va hech qachon bu davlatlardagi insonlarning yashashga bo‘lgan huquqlari, salomatligi haqida qayg‘urmadi", - deb qo‘shimcha qildi Xitoy vakili.
Uning ta’kidlashicha, mamlakatlar tarix, sivilizatsiya va taraqqiyotda bir-biridan farq qiladi va tabiiyki, ularning inson huquqlari sohasidagi taraqqiyoti ham, albatta, turlicha bo‘ladi.
Prezident RF Vladimir Putin pered nachalom vistupleniya s yejegodnim poslaniyem Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Putin qizil chiziqni aynan qayerdan tortganini G‘arb juda yaxshi biladi
"Xalqaro hamjamiyat o‘zaro hurmat ruhini saqlab turishi, bir-biriga teng munosabatda bo‘lishi, umumiy rivojlanishga intilishida tafovutlar va intilishlarni saqlagan holda umumiy asoslarni izlashi, inson huquqlari sohasida tajriba almashinuvi va hamkorlikni kuchaytirishi va umumiy taraqqiyotga ko‘maklashishi kerak", deb qo‘shimcha qildi Lin Suntan.
Uning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat ikki tomonlama standartlar va inson huquqlarining siyosiylashtirilishiga qat’iy qarshi turishi kerak va rivojlangan mamlakatlar esa butun mamlakatlardagi odamlar tinch, baxtli va munosib hayot kechirishlari yo‘lida BMTning 2030-yilgacha barqaror rivojlanish bo‘yicha kun tartibini ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini samarali bajarishlari kerak.
Yangiliklar lentasi
0