Turkiyada qiyin ahvolda qolgan 6 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Tursiyu s vizitom
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Tursiyu s vizitom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2021
Obuna bo‘lish
Fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yordam so‘rab murojaat qilgan
TOShKENT, 9-may - Sputnik. Istanbulda qiyin ahvolda qolgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot-xizmati.
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2021
Xorijda qiyin ahvolda qolgan migrantlar qayerga murojaat qilishi kerak?
"Turkiya Respublikasining Istanbul shahriga ishlash maqsadida borib, pandemiya sharoitida moliyaviy qiyin ahvolda qolgan va koronavirus kasalligini boshidan o‘tkazgan O‘zbekiston fuqarolari – T.I, M.Yu va ularning farzandlari Vatanga qaytarildi", - deyiladi xabarda.
Ular Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yordam so‘rab murojaat qilgan.
Mazkur murojaatlarni qanoatlantirish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Bosh konsulxona va Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorligida belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilib, fuqarolar Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga olib kelindi.
Moliyaviy qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Xalqaro migratsiya tashkiloti mas’ul xodimlari kutib oldi va ular yashash manziliga kuzatildi.
Yangiliklar lentasi
0