Xorijda qiyin ahvolda qolgan migrantlar qayerga murojaat qilishi kerak?

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutaxassisi (boshqarma o‘rinbosari) Abduaziz Xafizov xorijdagi mehnat migrantlarni huquqiy va ijtimoiy ximoya qilish va moddiy qo‘llab quvvatlash tartibi haqida ma’lumot berdi
TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutaxassisi (boshqarma o‘rinbosari) Abduaziz Xafizov xorijdagi mehnat migrantlarni huquqiy va ijtimoiy ximoya qilish va moddiy qo‘llab quvvatlash tartibi haqida ma’lumot berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Rossiyskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
IIV O‘zbekiston fuqarolari ikkinchi davlat pasportini olishi holatida qonunbuzarlik ko‘rmadi
Ta’kidlanishicha, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida murakkab moliyaviy vaziyatga tushib qolgan, yashash uchun mablag‘siz qolgan, baxtsiz hodisaga duch kelgan, o‘tkir yoki og‘ir kasalga chalingan, vafot etgan, shuningdek mehnat faoliyati vaqtida mayib bo‘lgan yoki og‘ir jarohatlar olgan O‘zbekiston fuqarolariga quyidagi xizmatlar ko‘rsatilmoqda:
- xorijiy ish beruvchilarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilish;
- 300 AQSh dollarigacha xostel va sutkalik mehmonxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar qoplab berish;
- bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari (490 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish;
- 1,5 ming AQSh dollarigacha sog‘liqni saqlash muassasalariga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar haqini to‘lash;
V Uzbekistan dostavili tela migrantov, pogibshix v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga o‘n oyda 568 nafar fuqaro jasadi olib kelindi
- Vatanga qaytarish uchun avia yoki temir yo‘l chiptalari haqini to‘lash;
- vafot etgan shaxs jasadini urf-odatlarga ko‘ra tayyorlashda 1 ming AQSh dollarigacha xizmatlar haqini va O‘zbekistonga olib kelish uchun chipta haqini to‘lash;
- huquqiy himoya qilish maqsadida 3 ming AQSh dollarigacha advokat, yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning haqini to‘lash.
Ushbu xizmatlardan foydalanish istagida bo‘lgan fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga, uning xorijdagi vakolatxonalariga yoki hududiy filiallariga murojaat qilishlari mumkin.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida masofadan murojaat yo‘llashlari uchun www.birgamiz.com platformasi yaratilgan. Telefon: (71) 202-33-55 (ichki raqam 55) yoki qisqa raqam 1282
Yuqoridagi xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari xisobidan amalga oshirladi.
Posetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari onlayn ravishda moddiy yordam olishlari mumkin
Ma’lumot uchun, 2020-yil davomida jamg‘arma mablag‘lari xisobidan 1983 nafar fuqarolarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilgan. Yashash uchun turar-joysiz qolgan 175 nafar fuqarolarga sutkalik xostel to‘lovlari to‘lab berilgan.
Ikki nafar fuqarolarga to‘liq yoki qisman ko‘rsatilgan tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berildi; 3 nafar bemor fuqarolar og‘ir tan-jarohati olganligi, mayib bo‘lganligi sababli O‘zbekistonga tibbiy transpartirovka qilingan;
- 617 nafar xorijda vafot etgan fuqarolarning jasadlari (tegishli marosimlarni amalga oshirilgan xolda) Vatanga olib kelindi;
- xorijda qiyin ahvolda 119 nafar fuqarolar va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlarida saqlanayotgan 627 nafar fuqarolar Vatanga qaytarildi.
Yangiliklar lentasi
0