Fuqaro murojaatiga bepisand bo‘lgan Oqqo‘rg‘on tumani hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishV zale zasedaniy
V zale zasedaniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2021
Obuna bo‘lish
Hokim o‘rinbosari "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqaroning yordam so‘rab yozgan arizasini xizmat xonasida saqlab kelgan. Oradan 77 kun o‘tgan bo‘lsa ham murojaatni ro‘yxatdan o‘tkazish, ko‘rib chiqish va muallifga javob xati yuborish chorasi ko‘rilmagan.
TOShKENT, 9-may – Sputnik. Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari murojaatlarni javobsiz qoldirgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hokim o‘rinbosari "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqaro M.E.ga yer ajratib berishda amaliy yordam berishni so‘rab yozgan arizasini xizmat xonasida saqlab kelgan. Oradan 77 kun o‘tgan bo‘lsa ham murojaatni ro‘yxatdan o‘tkazish, ko‘rib chiqish va muallifga javob xati yuborish chorasi ko‘rilmagan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
Vazifalarni bajarmaganlar ishdan olinadi: Mirziyoyev amaldorlarni qattiq ogohlantirdi
Bundan tashqari, shu kabi qonun buzilishiga 600 nafardan ortiq yoshlarning yer ajratib berish haqidagi murojaatlari bo‘yicha ham yo‘l qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 43-moddasi (jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan.
Sal avval Buxoroda murojaatlarga e’tiborsizlik bilan yondashgan mas’ullarning 22 nafari egallab turgan lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0