Vazifalarni bajarmaganlar ishdan olinadi: Mirziyoyev amaldorlarni qattiq ogohlantirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
Obuna bo‘lish
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, odamlar qog‘ozbozlikdan charchagan. Bank rahbarlari mudrab o‘tiribdi, vazirlar o‘zlarining vertikal tizimida ishlarni tashkil qila olmayapti.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 2021-yilgi Davlat dasturida belgilangan vazifalar bajarmagan davlat organlari rahbarlarini ishdan olish bilan ogohlantirdi. Bu haqda prezident “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Mirziyoyev: kamroq gapiring, balandparvoz gaplar menga yoqmaydi
“Asosiy maqsadimiz, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish orqali xalq farovonligini ta’minlashdan iborat”,  - dedi prezident.


Yangiliklar lentasi
0