Tokiodagi Olimpiadagi qarshi petitsiya 200 mingga yaqin imzo to‘pladi

© REUTERS / Kim Kyung-Hoon/PoolTalisman Letney Olimpiadi v Tokio Miraitowa poziruyet szadi Olimpiyskix koles posle meropriyatiya po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio
Talisman Letney Olimpiadi v Tokio Miraitowa poziruyet szadi Olimpiyskix koles posle meropriyatiya po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 7-may – Sputnik. Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga qarshi petitsiya 47 soat ichida 191 mingdan ko‘p imzo to‘pladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri Kseniya Naka.
Imzo to‘planishi 5-may kuni soat 12 da jamoat va siyosiy arbob Kendzi Utsunomiya tomonidan boshlangan. O‘tgan yili u Yaponiya poytaxti gubernatorligi saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ygan edi.
Qirq yetti soat ichida "Hayotlarni qutqarish uchun Tokiodagi Olimpiadani bekor qilishni talab etamiz" deb nomlangan petitsiyani 191 552 kishi imzolagan.
Talisman Letney Olimpiadi v Tokio Miraitowa poziruyet szadi Olimpiyskix koles posle meropriyatiya po sluchayu 100 dney do Oliypiskix igr v Tokio  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2021
Tokio Olimpiadasi boshlanishiga 100 kun qoldi
Petitsiya 17-may kuni Yaponiyaga tashrifi kutilayotgan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Tomas Bax, Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi rahbari Endryu Parson, Olimpiada masalalari bo‘yicha vazir Tamayo Marukava, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi rahbari Seyko Xasimito va Tokio gubernatori Yuriko Koike nomiga yo‘llangan.
Petitsiyada XOQ, XPQ, Yaponiya hukumati va Tokio ma’muriyati "Olimpiya o‘yinlarini zo‘rlik bilan o‘tkazishga harakat qilishayotgani" ko‘rsatib o‘tilgan.
"Bu orada, nafaqat Tokio, balki regionlarda, shuningdek, dunyoning barcha davlatlarida koronavirus pandemiyasi to‘xtagani yo‘q. O‘tgan yilning oxirida boshlangan emlash ishlari bugungi kunga kelib Yevropa va AQSh regionlarining bir qismidagina ilgarilagan va hozircha kasallik tarqalishini to‘xtata oladigan hal qiluvchi omilga aylangan emas", - deyiladi petitsiyada.
Yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik kurashchi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Shuningdek, petitsiyada hozirda Yaponiyada tibbiy personal yetishmovchiligi muammosi o‘tkir ekanligie, agar resurslarning bir qismi sportchilar va ular bilan birga kelgan insonlarning tibbiy ta’minotini ta’minlash, analizlar o‘tkazish va sportchilar sog‘lig‘ini nazorat qilish uchun yo‘naltiriladigan bo‘lsa, mamlakatdagi holat og‘irlashishi mumkinligi qayd etilgan.
Hozirda Tokio, Osaka va yana uchta prefekturada koronavirus kasalligi oshib borayotgani tufayli favqulodda holat rejimi amal qilib turibdi.
Kutilishicha, bugun ushbu prefekturalarning to‘rttasida bu tartib 31-mayga qadar uzaytiriladi va yana ikkita regionga ham bu holat joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0