Yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik kurashchi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik yunon-rum va erkin kurashchilarining Olmaotadagi ishtirokidan so‘ng litsenziyalar soni 8 taga yetdi
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Qozog‘istonning Olmaota shahrida Osiyo qit’asi uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa davom etmoqda. Unda to‘rt nafar o‘zbekistonlik kurashchi yo‘llanmaga ega chiqdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar qildi.
G‘ulomjon Abdullayev (-57) yarim final bahsida qirg‘izistonlik raqibi ustidan g‘alaba qozonib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bekzod Abdurahmonov ham (-74kg) yarim finalda qirg‘izistonlik raqibidan ustun keldi va faoliyatida ikkinchi bor Olimpiada ishtirokchisiga aylandi.
Boks, bokserskie perchatki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2021
Yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Javrail Shapiyevning qozog‘istonlik raqibiga qarshi kechgan bahsi unga Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani taqdim etdi.
Rio-2016 sovrindori Magomed Ibragimov ham bahsni muddatidan avval o‘z foydasiga hal qildi.
Yangiliklar lentasi
0