https://oz.sputniknews.uz/20210507/putin-bilan-uchrashuv-iyunda-bolib-otadi---bayden-18639900.html
Putin bilan uchrashuv iyunda bo‘lib o‘tadi - Bayden
Putin bilan uchrashuv iyunda bo‘lib o‘tadi - Bayden
Sputnik O‘zbekiston
Avvalroq Oq Uy Bayden Putinga joriy yil yozda Yevropa davlatlaridan birida ikki tomonlama munosabatlarda to‘planib qolgan masalalarni muhokama qilish uchun... 07.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-07T22:31+0500
2021-05-07T22:31+0500
2023-04-05T18:33+0500
dunyoda
aqsh
vladimir putin
dmitriy peskov
jo bayden
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1b/15873659_0:0:2256:1269_1920x0_80_0_0_7953ca71be421110e833a80e2601a4bf.jpg
TOShKENT, 7-may – Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuv iyun oyida bo‘lib o‘tishiga ishonch bildirmoqda, ammo uchrashuvning aniq vaqti va joyi hozircha aniqlanmagan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda."Ishonamanki, biz buni amalga oshira olamiz, ammo hozircha joy va vaqti aniqmas, buni ustida ishlayapmiz", - dedi Bayden Oq uyda jurnalistlar tomonidan berilgan iyun oyida Yevropaga amalga oshiradigan birinchi turnesi vaqtida Rossiya-Amerika sammiti o‘tkazilishi istiqbollari haqidagi savolga javob berar ekan.AQSh prezidentidan shuningdek, "Ukraina bilan chegarada RF HK mavjudligini Rossiya tomonidan "AQShga qilingan allaqanday signal" deb hisoblaysizmi, bu holat sizning Rossiya yetakchisi bilan sammit o‘tkazish qaroringizga ta’sir ko‘rsatadimi?", deya so‘rashdi."Bu mening yakkama-yakka uchrashish istagimga ta’sir etmaydi, va biz shuni ko‘rib turibmizki, ilgariroq (chegarada qo‘shinlar ko‘proq edi) va u ularni olib ketdi... ularning soni bir oy oldingidan ancha kamaydi", - dedi Bayden.G‘arb davlatlari so‘nggi vaqtlarda go‘yoki Rossiya tomonidan bo‘layotgan "agressiv harakatlar" tufayli havotir bildirishmoqda. Vashington "Rossiya agressiyasi" o‘tkir tus olayotgani va RF qo‘shinlari Qrimda va Ukraina sharqida harakatlanayotgani haqida bayonot berdi. RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Rossiya o‘z qo‘shinlarini o‘z hududida va o‘z xohishiga ko‘ra harakatlantirayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu hech kimga tahdid qilmaydi va hech kimni tashvishlantirmasligi joiz.Avvalroq Oq Uy Bayden Putinga joriy yil yozda Yevropa davlatlaridan birida ikki tomonlama munosabatlarda to‘planib qolgan masalalarni muhokama qilish uchun uchrashishni taklif qilgani haqida xabar bergan edi. Kreml uchrashuvning ehtimoliy sanasi muhokama qilinayotganini ma’lum qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210427/putin-qizil-chiziqni-aynan-qaerdan-tortganini-garb-juda-yaxshi-biladi-18512127.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1b/15873659_0:0:2256:1692_1920x0_80_0_0_ec508a680426c28c1091551147277590.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, vladimir putin, dmitriy peskov, jo bayden, rossiya
dunyoda, aqsh, vladimir putin, dmitriy peskov, jo bayden, rossiya
Putin bilan uchrashuv iyunda bo‘lib o‘tadi - Bayden
22:31 07.05.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Avvalroq Oq Uy Bayden Putinga joriy yil yozda Yevropa davlatlaridan birida ikki tomonlama munosabatlarda to‘planib qolgan masalalarni muhokama qilish uchun uchrashishni taklif qilgani haqida xabar bergan edi.
TOShKENT, 7-may – Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuv iyun oyida bo‘lib o‘tishiga ishonch bildirmoqda, ammo uchrashuvning aniq vaqti va joyi hozircha aniqlanmagan. Bu haqda
RIA Novosti xabar bermoqda.
"Ishonamanki, biz buni amalga oshira olamiz, ammo hozircha joy va vaqti aniqmas, buni ustida ishlayapmiz", - dedi Bayden Oq uyda jurnalistlar tomonidan berilgan iyun oyida Yevropaga amalga oshiradigan birinchi turnesi vaqtida Rossiya-Amerika sammiti o‘tkazilishi istiqbollari haqidagi savolga javob berar ekan.
AQSh prezidentidan shuningdek, "Ukraina bilan chegarada RF HK mavjudligini Rossiya tomonidan "AQShga qilingan allaqanday signal" deb hisoblaysizmi, bu holat sizning Rossiya yetakchisi bilan sammit o‘tkazish qaroringizga ta’sir ko‘rsatadimi?", deya so‘rashdi.
"Bu mening yakkama-yakka uchrashish istagimga ta’sir etmaydi, va biz shuni ko‘rib turibmizki, ilgariroq (chegarada qo‘shinlar ko‘proq edi) va u ularni olib ketdi... ularning soni bir oy oldingidan ancha kamaydi", - dedi Bayden.
G‘arb davlatlari so‘nggi vaqtlarda go‘yoki Rossiya tomonidan bo‘layotgan "agressiv harakatlar" tufayli havotir bildirishmoqda. Vashington "Rossiya agressiyasi" o‘tkir tus olayotgani va RF qo‘shinlari Qrimda va Ukraina sharqida harakatlanayotgani haqida bayonot berdi. RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Rossiya o‘z qo‘shinlarini o‘z hududida va o‘z xohishiga ko‘ra harakatlantirayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu hech kimga tahdid qilmaydi va hech kimni tashvishlantirmasligi joiz.
Avvalroq Oq Uy Bayden Putinga joriy yil yozda Yevropa davlatlaridan birida ikki tomonlama munosabatlarda to‘planib qolgan masalalarni muhokama qilish uchun uchrashishni taklif qilgani haqida xabar bergan edi. Kreml uchrashuvning ehtimoliy sanasi muhokama qilinayotganini ma’lum qilgan.