https://oz.sputniknews.uz/20210507/covid-19-pandemiyasi-qachon-barham-topadi---nemis-olimlari-prognozi-18637191.html
COVID-19 pandemiyasi qachon barham topadi - nemis olimlari prognozi
COVID-19 pandemiyasi qachon barham topadi - nemis olimlari prognozi
Sputnik O‘zbekiston
Immunitet 80 foizga yetgan taqdirda yangi kasallanishlar qayd etiladi, ammo to‘lqinlar bo‘lmaydi, deydi nemis mutaxassisi 07.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-07T14:51+0500
2021-05-07T14:51+0500
2021-05-07T14:51+0500
dunyoda
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1a/18497122_0:162:3066:1887_1920x0_80_0_0_dc24706850aba5487fc3033a960ecf15.jpg
TOShKENT, 7-may - Sputnik. Odamlarda immunitet 80%ga yetganida Sars-CoV-2 koronavirusi to‘lqinlari tarqalishi to‘xtaladi. Bu haqda GFR SSV tarkibiga kiruvchi Rober Kox nomidagi institut prezidenti Lotar Viler ma’lum qildi.Sal avval, juma kuni, GFR sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Yens Shpan Germaniyada koronavirusning uchinchi to‘lqini sindirilganini, kasallanish yuqori darajada ekanini, ammo hozirda pasayish kuzatilayotganini aytgan edi."Vaksinatsiya orqali yoki kasallikni boshdan kechirib, so‘ng vaksina olganligi tufayli immunitetga ega bo‘lgan odamlar ulushi 80 foizga yetmay turib, qolaversa, virusning britancha varianti bor ekan, biz cheklovlarning muhim qismidan voz kecha olmaymiz. Immunitet 80 foizga yetgan taqdirda yangi kasallanishlar qayd etiladi, ammo to‘lqinlar bo‘lmaydi. O‘shanda pandemiyani nazorat qilib bo‘ladi", - deb bayonot qildi Viler jumani kuni o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.Viler ushbu munosabat bilan koronavirus bo‘yicha amaldagi cheklovlarni man etishga shoshilmaslikka chaqirdi.""Cheklovlarni rejasiz bekor qilib bo‘lmaydi. Emlanganlar soni haftadan haftaga ko‘paymoqda, shuning uchun ba’zi cheklovlarni bekor qilish mumkin. Emlash ishlari tezkor ravishda amalga oshirilishi kerak va cheklovlarni nazorat ostida bekor qilinishi lozim. Emlash darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik ko‘p miqdorda infeksiyalanish holatlarini oldini olishimiz mumkin. Vaksinatsiya jarayonining o‘sib borishi yaqin kelajakda holatni ancha yengillashtiradi", - dedi Viler.COVID-19ga qarshi vaksinatsiya Germaniyada o‘tgan yilning 27-dekabrida boshlangan edi. Bugungi kunga kelib 7,3 million kishi (aholining 8,8%i) to‘liq, 26,2 million kishi (aholining 31,5%i) kamida bir marta emlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20210507/ozbekistonda-koronavirus-kopaydi-sogayish-korsatkichi-95-foizga-tushdi-18635090.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1a/18497122_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_3d4d1524de06f9a2f622c34654cc7839.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, covid-19 umumjahon pandemiyasi
dunyoda, covid-19 umumjahon pandemiyasi
COVID-19 pandemiyasi qachon barham topadi - nemis olimlari prognozi
Immunitet 80 foizga yetgan taqdirda yangi kasallanishlar qayd etiladi, ammo to‘lqinlar bo‘lmaydi, deydi nemis mutaxassisi
TOShKENT, 7-may - Sputnik. Odamlarda immunitet 80%ga yetganida Sars-CoV-2 koronavirusi to‘lqinlari tarqalishi to‘xtaladi. Bu haqda GFR SSV tarkibiga kiruvchi Rober Kox nomidagi institut prezidenti Lotar Viler ma’lum qildi.
Sal avval, juma kuni, GFR sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Yens Shpan Germaniyada koronavirusning uchinchi to‘lqini sindirilganini, kasallanish yuqori darajada ekanini, ammo hozirda pasayish kuzatilayotganini aytgan edi.
"Vaksinatsiya orqali yoki kasallikni boshdan kechirib, so‘ng vaksina olganligi tufayli immunitetga ega bo‘lgan odamlar ulushi 80 foizga yetmay turib, qolaversa, virusning britancha varianti bor ekan, biz cheklovlarning muhim qismidan voz kecha olmaymiz. Immunitet 80 foizga yetgan taqdirda yangi kasallanishlar qayd etiladi, ammo to‘lqinlar bo‘lmaydi. O‘shanda pandemiyani nazorat qilib bo‘ladi", - deb bayonot qildi Viler jumani kuni o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.
Viler ushbu munosabat bilan koronavirus bo‘yicha amaldagi cheklovlarni man etishga shoshilmaslikka chaqirdi.
""Cheklovlarni rejasiz bekor qilib bo‘lmaydi. Emlanganlar soni haftadan haftaga ko‘paymoqda, shuning uchun ba’zi cheklovlarni bekor qilish mumkin. Emlash ishlari tezkor ravishda amalga oshirilishi kerak va cheklovlarni nazorat ostida bekor qilinishi lozim. Emlash darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik ko‘p miqdorda infeksiyalanish holatlarini oldini olishimiz mumkin. Vaksinatsiya jarayonining o‘sib borishi yaqin kelajakda holatni ancha yengillashtiradi", - dedi Viler.
COVID-19ga qarshi vaksinatsiya Germaniyada o‘tgan yilning 27-dekabrida boshlangan edi. Bugungi kunga kelib 7,3 million kishi (aholining 8,8%i) to‘liq, 26,2 million kishi (aholining 31,5%i) kamida bir marta emlangan.