https://oz.sputniknews.uz/20210507/ozbekistonda-koronavirus-kopaydi-sogayish-korsatkichi-95-foizga-tushdi-18635090.html
O‘zbekistonda koronavirus ko‘paydi: sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi
O‘zbekistonda koronavirus ko‘paydi: sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi
Sputnik O‘zbekiston
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 660 nafarni tashkil qildi. 07.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-07T11:13+0500
2021-05-07T11:13+0500
2021-05-07T11:16+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/02/18594580_0:0:3641:2048_1920x0_80_0_0_b1336c28e7aaa7793f7809393225671c.jpg
TOShKENT, 7-may - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi, bir kunda 3 nafar bemor vafot etdi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-kotibi.2021 yil 6-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93597 (+421) nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 660 nafarni tashkil qildi.️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3599 nafar bemor davolanmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 154 million 815 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.Shundan 3 million 236 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 847 537 yangi holati aniqlandi. 14 777 nafar bemor vafot etdi.Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 156 million 077 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 256 mingdan ortig‘i vafot etgan.Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 32,167 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (21,077 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (14,856 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (5,616 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda esa Turkiya (4,955 milliondan ortiq).JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQShda 44 834, Hindistonda 412 262 (bu kunlik koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha antirekord), Braziliyada 77 359, Fransiyada 25 764, Turkiyada esa 26 476 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.JSSTga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 1 milliard 170 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210506/antirekord-452-kishida-koronavirus-aniqlandi-2-kishi-vafot-etdi---18626814.html
https://oz.sputniknews.uz/20210501/hindiston-dahshati-koronavirusdan-vafot-etganlarni-yoqib-ulgurishmayapti---foto-18580129.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/02/18594580_454:0:3185:2048_1920x0_80_0_0_db78b342dfcbcfc1023f1093fe3807f5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi
O‘zbekistonda koronavirus ko‘paydi: sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi
11:13 07.05.2021 (yangilandi: 11:16 07.05.2021) Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 660 nafarni tashkil qildi.
TOShKENT, 7-may - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi, bir kunda 3 nafar bemor vafot etdi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-kotibi.
2021 yil 6-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93597 (+421) nafarni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 660 nafarni tashkil qildi.
️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3599 nafar bemor davolanmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 154 million 815 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.
Shundan 3 million 236 mingdan ziyod kishi vafot etgan.
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 847 537 yangi holati aniqlandi. 14 777 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni
156 million 077 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 256 mingdan ortig‘i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha:
AQSh birinchi o‘rinda turibdi, u yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 32,167 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
Ikkinchi o‘rinda Hindiston (21,077 milliondan ortiq),
uchinchi o‘rinda Braziliya (14,856 milliondan ortiq),
to‘rtinchi o‘rinda Fransiya (5,616 milliondan ortiq),
beshinchi o‘rinda esa Turkiya (4,955 milliondan ortiq).
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQShda 44 834, Hindistonda 412 262 (bu kunlik koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha antirekord), Braziliyada 77 359, Fransiyada 25 764, Turkiyada esa 26 476 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
JSSTga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi 1 milliard 170 milliondan ortiq doza vaksina qo‘llanilgan.