Shavkat Mirziyoyev Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni qoniqarsiz deb atadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o xode podgotovki sportsmenov k predstoyashim letnim Olimpiyskim igram.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey  o xode podgotovki sportsmenov k predstoyashim letnim Olimpiyskim igram. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2021
Obuna bo‘lish
Prezident may-iyul oylaridagi musobaqalarda yana yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish uchun sportchilarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoniga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan mazkur nufuzli musobaqaga sportchilarni tayyorlash uchun keng sharoit yaratilgan edi. Yuqori malakali mutaxassislar jalb qilinib, yuzlab o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bugungi kungacha o‘zbekistonlik sportchilar yozgi Olimpiya o‘yinlariga 41 ta, Paralimpiya o‘yinlariga 16 ta yo‘llanma olgan.
“Taqdimotda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik holati tanqid qilinib, qoniqarsiz deb baholandi”, - deyilgan xabarda.
Yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik kurashchi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
May-iyul oylaridagi musobaqalarda yana yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish uchun sportchilar va ularning jamoasini qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi. Sportchilarga xizmatlarni kuchaytirish, ularni har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Federatsiyalar faoliyatini takomillashtirib, jalb qilingan malakali sport menejerlari bilan birga olimpiadachilarning jismoniy, tibbiy va psixologik holatini yaxshilash uchun har bir sport turi bo‘yicha alohida dasturlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Yangiliklar lentasi
0