https://oz.sputniknews.uz/20210503/namanganda-4-ta-kop-qavatli-uy-quyosh-elektr-panellari-bilan-jihozlandi-18604801.html
Namanganda 4 ta ko‘p qavatli uy quyosh elektr panellari bilan jihozlandi
Namanganda 4 ta ko‘p qavatli uy quyosh elektr panellari bilan jihozlandi
Sputnik O‘zbekiston
Uychi tumanidagi to‘rt qavatli yangi uylarga jami 192 ta quyosh panellari o‘rnatilgan. 03.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-03T18:13+0500
2021-05-03T18:13+0500
2021-05-03T18:13+0500
iqtisod
namangan
quyosh fotoelektr stansiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/03/18602333_115:0:1166:591_1920x0_80_0_0_c57c58d85b455a07a9ce2590badf9d6f.png
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Namanganda to‘rtta ko‘p qavatli uyda joylashgan 96 ta xonadonga umumiy quvvati 58 kilovatt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.Ushbu loyiha “Sun-Hightech” kompaniyasi tomonidan BMTning PROON/GEF loyihasi yordamida O‘zbekiston Qurilish vazirligi bilan birgalikda “Qishloq joylarda energiya tejamkor uy-joy qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” dasturi doirasida amalga oshirilgan.Uychi tumanidagi to‘rt qavatli yangi uylarga jami 192 ta quyosh panellari o‘rnatilgan. Mazkur quyosh elektr stansiyalari xonadonlardagi maishiy texnikalar, jumladan yoritish chiroqlari, televizor, muzlatgich, kompyuter kabi elektr jihozlarini markaziy elektr ta’minotidan alohida, mustaqil (avtonom) ravishda ta’minlash imkonini beradi.Ushbu quyosh elektr stansiyalariga uzluksiz ravishda texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida mazkur ko‘p qavatli uylarda yashovchi yosh mutaxassis doimiy ravishda ishga qabul qilindi.BMT tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur grant loyihaning umumiy qiymati 1,32 mlrd so‘mni tashkil etib, loyiha doirasida O‘zbekistonning 5 ta hududi qamrab olinadi. Namangan viloyatidan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham quyosh panellari o‘rnatiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210421/quyosh-pul-tejashda-yordam-beradi--18431606.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/03/18602333_246:0:1034:591_1920x0_80_0_0_4a356950f2045b55f6d67bd2f1a90ade.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, namangan, quyosh fotoelektr stansiyasi
iqtisod, namangan, quyosh fotoelektr stansiyasi
Namanganda 4 ta ko‘p qavatli uy quyosh elektr panellari bilan jihozlandi
Uychi tumanidagi to‘rt qavatli yangi uylarga jami 192 ta quyosh panellari o‘rnatilgan.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Namanganda to‘rtta ko‘p qavatli uyda joylashgan 96 ta xonadonga umumiy quvvati 58 kilovatt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati
xabar qildi.
Ushbu loyiha “Sun-Hightech” kompaniyasi tomonidan BMTning PROON/GEF loyihasi yordamida O‘zbekiston Qurilish vazirligi bilan birgalikda “Qishloq joylarda energiya tejamkor uy-joy qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” dasturi doirasida amalga oshirilgan.
Uychi tumanidagi to‘rt qavatli yangi uylarga jami 192 ta quyosh panellari o‘rnatilgan. Mazkur quyosh elektr stansiyalari xonadonlardagi maishiy texnikalar, jumladan yoritish chiroqlari, televizor, muzlatgich, kompyuter kabi elektr jihozlarini markaziy elektr ta’minotidan alohida, mustaqil (avtonom) ravishda ta’minlash imkonini beradi.
Ushbu quyosh elektr stansiyalariga uzluksiz ravishda texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida mazkur ko‘p qavatli uylarda yashovchi yosh mutaxassis doimiy ravishda ishga qabul qilindi.
BMT tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur grant loyihaning umumiy qiymati 1,32 mlrd so‘mni tashkil etib, loyiha doirasida O‘zbekistonning 5 ta hududi qamrab olinadi. Namangan viloyatidan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham quyosh panellari o‘rnatiladi.