https://oz.sputniknews.uz/20210430/ozbekiston-eik-bilan-hamkorlik-memorandumi-imzoladi--18572049.html
Oʻzbekiston YEIK bilan hamkorlik memorandumi imzoladi
Oʻzbekiston YEIK bilan hamkorlik memorandumi imzoladi
Oʻzbekiston va YEOII qonunchiligini muvofiqlashtirish maqsadida, Toshkenda biznes jamoalar orasida uchrashuvlar, qoʻshimcha maslahatlashuvlar boʻlib oʻtadi. 30.04.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-04-30T16:54+0500
2021-04-30T16:54+0500
2021-04-30T16:54+0500
iqtisod
yeoii
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1e/18571877_0:0:3051:1716_1920x0_80_0_0_08dbaaa2efa6917d60d5366cc8846a0f.jpg
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashining Qozon shahrida boʻlib oʻtgan tadbiri doirasida Oʻzbekiston YEOII Iqtisodiy komissiyasi (YEIK) bilan hamkorlik qilish haqida memorandum imzoladi. Bu haqida YEIK raisi yordamchisi Iya Malkina xabar qildi. Shuningdek, Oʻzbekiston va YEOII qonunchiligini muvofiqlashtirish maqsadida, Toshkenda biznes jamoalar orasida uchrashuvlar, qoʻshimcha maslahatlashuvlar tashkillashtirish rejalashtirilgan. Undan tashqari, uchrashuvda “YEOII doirasida 2025 yilga qadar hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari”, “YEOII qishloq xoʻjalik bozorini xavfli virus va oʻsimliklardan himoya qilish” mavzusidagi hujjatlar imzolangan. YEOII hukumatlararo kengashi ishtirokchilari, shuningdek, navbatdagi uchrashuvni oʻtkazish vaqti va joyi haqida kelishib olishdi. Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning dekabr oyida Oʻzbekiston YEOIIda kuzatuvchi maqomini olgan edi. Shundan soʻng respublika YEOIIning barcha ochiq majlislarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Ushbu yondashuv Oʻzbekistonga kelajakda YEOIIga kirish uchun yakuniy qaror qabul qilishga yordam beradi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1e/18571877_114:0:2845:2048_1920x0_80_0_0_33ea76c9cf85e4a325f9c3517d14794e.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yeoii
Oʻzbekiston YEIK bilan hamkorlik memorandumi imzoladi
Oʻzbekiston va YEOII qonunchiligini muvofiqlashtirish maqsadida, Toshkenda biznes jamoalar orasida uchrashuvlar, qoʻshimcha maslahatlashuvlar boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashining Qozon shahrida boʻlib oʻtgan tadbiri doirasida Oʻzbekiston YEOII Iqtisodiy komissiyasi (YEIK) bilan hamkorlik qilish haqida memorandum imzoladi. Bu haqida YEIK raisi yordamchisi Iya Malkina xabar qildi.
Memorandum doirasida YEOII Iqtisodiy komissiyasi Oʻzbekiston hukumati bilan savdo siyosati, bojxona-texnik nazorati, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, dori vositalari va tibbiy buyumlar oboroti, moliya bozori, transport va energetika sohalarida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston va YEOII qonunchiligini muvofiqlashtirish maqsadida, Toshkenda biznes jamoalar orasida uchrashuvlar, qoʻshimcha maslahatlashuvlar tashkillashtirish rejalashtirilgan.
Undan tashqari, uchrashuvda “YEOII doirasida 2025 yilga qadar hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari”, “YEOII qishloq xoʻjalik bozorini xavfli virus va oʻsimliklardan himoya qilish” mavzusidagi hujjatlar imzolangan.
YEOII hukumatlararo kengashi ishtirokchilari, shuningdek, navbatdagi uchrashuvni oʻtkazish vaqti va joyi haqida kelishib olishdi.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilning dekabr oyida Oʻzbekiston YEOIIda kuzatuvchi maqomini olgan edi. Shundan soʻng respublika YEOIIning barcha ochiq majlislarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Ushbu yondashuv Oʻzbekistonga kelajakda YEOIIga kirish uchun yakuniy qaror qabul qilishga yordam beradi.