Jamiyat

Qarshida 1,35 mlrd soʻmlik bayroq oʻrnatilmaydi. Mablagʻ yotoqxonani taʼmirlashga sarflanadi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov / Flag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.04.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mablagʻ Qarshi shahridagi 136-sonli oilaviy yotoqxonani taʼmirlashga sarflanadi, dedi Zoyir Mirzayev.
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Qarshida ular ulkan bayroqni oʻrnatishga 1,35 milliard soʻm sarflash fikridan voz kechildi, deb xabar qildi Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Taʼkidlanishicha, muhokamalarga sabab boʻlayotgan bayroq oʻrnatilishiga viloyat hokimi Zoyir Mirzayev munosabat bildirdi.
Bu mablagʻ Qarshi shahridagi 136-sonli oilaviy yotoqxonani taʼmirlashga sarflanadi, dedi Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev.
“Ustun masalasiga kelsak, biror homiy tomonidan ixtiyoriy qoʻllab-quvvatlansagina quriladi. Davlat byudjetidan mablagʻ sarflanmaydi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Qarshi shahrida balandligi 62,5 metrga teng davlat bayrogʻini oʻrnatish rejalashtirilgani haqida xabar internetda qizgʻin muhokamaga sabab boʻlgandi.
Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Jamiyat
Qarshi shahrida 1,35 mlrd soʻmlik bayroq oʻrnatiladi
Davlat bayrogʻining birgina ustunini bunyod etishga 1 mlrd 350 mln soʻm mablagʻ sarflash rejalashtirilgandi.
Yangiliklar lentasi
0