https://oz.sputniknews.uz/20210429/qarshi-shahrida-135-mlrd-somlik-bayroq-ornatiladi-18559437.html
Qarshi shahrida 1,35 mlrd so‘mlik bayroq o‘rnatiladi
Qarshi shahrida 1,35 mlrd so‘mlik bayroq o‘rnatiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligi arafasida Qarshi shahridagi Mustaqillik maydonida balandligi 62,5 metrga teng davlat bayrog‘i o‘rnatiladi. 29.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-29T18:51+0500
2021-04-29T18:51+0500
2021-04-29T18:51+0500
jamiyat
qarshi
qashqadaryo viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/20/9052059_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_bf0c254045a9fcc5aebfbd818104b263.jpg
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida balandligi 62,5 metrga teng davlat bayrog‘ini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Qashqadaryo” gazetasi xabar qildi.Bayroq mamlakat mustaqilligining 30-yilligi arafasida shahardagi Mustaqillik maydonida o‘rnatiladi.Ma’lum qilinishicha, davlat bayrog‘ining birgina ustunini bunyod etishga 1 mlrd 350 mln so‘m mablag‘ sarflanadi. Obyekt buyurtmachisi Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasi, pudratchisi esa "Voha maxsus montaj servis" MChJ hisoblanadi.Mazkur flagshtok ustuni diametri 430 millimetrdan 1220 millimetrgacha bo‘lgan po‘lat quvurlardan tashkil topadi. Uni Toshkentda joylashgan "Bektemir metall konstruksiyalari" qo‘shma korxonasi tayyorlab qo‘ygan. 10 metrdan iborat bayroqning o‘zi esa Farg‘ona vodiysidagi ishlab chiqarish korxonalaridan birida tikilgan.Loyihaga ko‘ra, Davlat bayrog‘i o‘rnatilgach, uning atrofidagi 2 ming kvadrat metrlik hudud obodonlashtirilib, maysazor va gulzorlar barpo etiladi, manzarali daraxtlar ekiladi va yangi yo‘lakbop plitkalar terib chiqiladi. Mustaqillik maydonining shu qismida bayroqning tarixi va tavsifi aks etgan tosh lavhlar ham o‘rnatiladi.
qarshi
qashqadaryo viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/905/20/9052059_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_7335d395ca897bd627d6b2bb321a4e7f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qarshi, qashqadaryo viloyati
jamiyat, qarshi, qashqadaryo viloyati
Qarshi shahrida 1,35 mlrd so‘mlik bayroq o‘rnatiladi
O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligi arafasida Qarshi shahridagi Mustaqillik maydonida balandligi 62,5 metrga teng davlat bayrog‘i o‘rnatiladi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida balandligi 62,5 metrga teng davlat bayrog‘ini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Qashqadaryo” gazetasi
xabar qildi.
Bayroq mamlakat mustaqilligining 30-yilligi arafasida shahardagi Mustaqillik maydonida o‘rnatiladi.
Ma’lum qilinishicha, davlat bayrog‘ining birgina ustunini bunyod etishga 1 mlrd 350 mln so‘m mablag‘ sarflanadi. Obyekt buyurtmachisi Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasi, pudratchisi esa "Voha maxsus montaj servis" MChJ hisoblanadi.
Mazkur flagshtok ustuni diametri 430 millimetrdan 1220 millimetrgacha bo‘lgan po‘lat quvurlardan tashkil topadi. Uni Toshkentda joylashgan "Bektemir metall konstruksiyalari" qo‘shma korxonasi tayyorlab qo‘ygan. 10 metrdan iborat bayroqning o‘zi esa Farg‘ona vodiysidagi ishlab chiqarish korxonalaridan birida tikilgan.
Loyihaga ko‘ra, Davlat bayrog‘i o‘rnatilgach, uning atrofidagi 2 ming kvadrat metrlik hudud obodonlashtirilib, maysazor va gulzorlar barpo etiladi, manzarali daraxtlar ekiladi va yangi yo‘lakbop plitkalar terib chiqiladi. Mustaqillik maydonining shu qismida bayroqning tarixi va tavsifi aks etgan tosh lavhlar ham o‘rnatiladi.