https://oz.sputniknews.uz/20210430/mirziyoev-va-rahmon-tojik-qirgiz-chegarasidagi-vaziyatni-muhokama-qildi-18567502.html
Mirziyoyev va Rahmon tojik-qirgʻiz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
Mirziyoyev va Rahmon tojik-qirgʻiz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari dolzarb mintaqaviy va ikki tomonlama masalalarni muhokama qildilar. 30.04.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-04-30T13:08+0500
2021-04-30T13:08+0500
2021-04-30T13:10+0500
siyosat
oʻzbekiston
tojikiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1a/15871758_0:19:1281:739_1920x0_80_0_0_7ac0325469de6a8358306d187ce13537.jpg
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.Davlat rahbarlari Tojikiston-Qirgʻiziston chegarasidagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qildilar.Oʻzbekiston Prezidenti yuzaga kelgan vaziyatni tez fursatda hal qilish va uning keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha Tojikiston va Qirgʻiziston tomonlari erishgan kelishuvlarni qoʻllab-quvvatladi.Mavjud barcha masalalar doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va sheriklik munosabatlari ruhida, faqat muzokaralar va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qilinish muhim ekani taʼkidlandi.Tojikistonga boʻlajak oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlikning borishi ham koʻrib chiqildi. Mamlakatlar bosh vazirlari oʻtgan hafta Xoʻjand shahrida oʻtkazgan amaliy uchrashuvning samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan keng koʻlamli hamkorlikning yangi “oʻsish nuqtalari”ni birgalikda aniqlash muhimligi alohida taʼkidlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210430/mirziyoev-va-berdimuhamedov-transport-infratuzilmasini-rivojlantirishga-kelishib-olishdi-18562757.html
oʻzbekiston
tojikiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1a/15871758_16:0:1153:853_1920x0_80_0_0_b73bd3cacd251b5de1bf2ebb51a72aba.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston, tojikiston
Mirziyoyev va Rahmon tojik-qirgʻiz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
13:08 30.04.2021 (yangilandi: 13:10 30.04.2021) Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari dolzarb mintaqaviy va ikki tomonlama masalalarni muhokama qildilar.
TOSHKENT, 30 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar qildi.
Davlat rahbarlari Tojikiston-Qirgʻiziston chegarasidagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qildilar.
Oʻzbekiston Prezidenti yuzaga kelgan vaziyatni tez fursatda hal qilish va uning keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha Tojikiston va Qirgʻiziston tomonlari erishgan kelishuvlarni qoʻllab-quvvatladi.
Mavjud barcha masalalar doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va sheriklik munosabatlari ruhida, faqat muzokaralar va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qilinish muhim ekani taʼkidlandi.
Tojikistonga boʻlajak oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlikning borishi ham koʻrib chiqildi. Mamlakatlar bosh vazirlari oʻtgan hafta Xoʻjand shahrida oʻtkazgan amaliy uchrashuvning samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan keng koʻlamli hamkorlikning yangi “oʻsish nuqtalari”ni birgalikda aniqlash muhimligi alohida taʼkidlandi.