https://oz.sputniknews.uz/20210430/mirziyoev-va-berdimuhamedov-transport-infratuzilmasini-rivojlantirishga-kelishib-olishdi-18562757.html
Mirziyoyev va Berdimuhamedov transport infratuzilmasini rivojlantirishga kelishib olishdi
Mirziyoyev va Berdimuhamedov transport infratuzilmasini rivojlantirishga kelishib olishdi
Oʻzbekiston va Turkmaniston prezidentlari xalqaro transport koridorlari loyihalarini birgalikda qoʻllab-quvvatlash hamda transport-logistika infratuzilmasini... 30.04.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-04-30T10:02+0500
2021-04-30T10:02+0500
2021-04-30T10:03+0500
siyosat
turkmaniston
iqtisod
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1d/18561100_0:122:1184:789_1920x0_80_0_0_9cfba65a5a767ccf50e43725f18f928e.jpg
TOSHKENT, 30 apr – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amalga oshirilayotgan tashrifi doirasida Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda prezidentlar ikki mamlakat xalqlarining koʻp asrlik doʻstlik va qoʻshnichilik rishtalarini hamda strategik sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlashga kelishib olishdi. Shuningdek, muzokaralarda, keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi uch barobardan ziyodga koʻpaygani qayd etildi. Oʻzaro savdo hajmi 2020 yil yakunlariga koʻra 530 million dollarga yetgani hamda 150 dan ortiq qoʻshma korxona tashkil etilgani qayd etildi.Shavkat Mirziyoyev Prezidenti Turkmaniston rahbariga Ashxobod shahrida “Toshkent” bogʻini tashkil etish tashabbusi uchun alohida minnatdorlik bildirdi.Prezidentlar yaqin vaqt ichida Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazishga kelishib olishdi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1d/18561100_87:0:1139:789_1920x0_80_0_0_1b510e3581584677923fb1190a2dcbfa.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
turkmaniston, iqtisod
Mirziyoyev va Berdimuhamedov transport infratuzilmasini rivojlantirishga kelishib olishdi
10:02 30.04.2021 (yangilandi: 10:03 30.04.2021) Oʻzbekiston va Turkmaniston prezidentlari xalqaro transport koridorlari loyihalarini birgalikda qoʻllab-quvvatlash hamda transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirishga kelishib olishdi.
TOSHKENT, 30 apr – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga amalga oshirilayotgan tashrifi doirasida Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda prezidentlar ikki mamlakat xalqlarining koʻp asrlik doʻstlik va qoʻshnichilik rishtalarini hamda strategik sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlashga kelishib olishdi.
Shuningdek, muzokaralarda, keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi uch barobardan ziyodga koʻpaygani qayd etildi. Oʻzaro savdo hajmi 2020 yil yakunlariga koʻra 530 million dollarga yetgani hamda 150 dan ortiq qoʻshma korxona tashkil etilgani qayd etildi.
Undan tashqari, tomonlar xalqaro transport va tranzit yoʻlagini yaratish toʻgʻrisidagi “Ashxobod bitimini” bundan buyon ham birgalikda ilgari surish, shuningdek, “Xitoy – Markaziy Osiyo – Janubiy Kavkaz – Turkiya” multimodal marshrutining samarali ishlatilishini taʼminlash va transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekani taʼkidlashdi.
Shavkat Mirziyoyev Prezidenti Turkmaniston rahbariga Ashxobod shahrida “Toshkent” bogʻini tashkil etish tashabbusi uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
Prezidentlar yaqin vaqt ichida Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazishga kelishib olishdi.