Jamiyat

Metroning Sergeli yoʻnalishi ishi toʻxtatilishiga nima sabab boʻlgani aytildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Pervыe passajirы sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena
 Pervыe passajirы sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rasmiylar yaqin bir necha soat ichida Sergeli liniyasida metro poyezdlari harakati tiklanashini maʼlum qilishmoqda.
TOSHKENT, 8 apr — Sputnik. Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishidagi harakatini toʻxtatishga kontakt relsining kronshteyni ushlab turish qurilmalaridan chiqib ketishi sabab boʻlgan. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, voqea yuzasidan rasmiy tergov davom etmoqda, sabablari oʻrganilmoqda.
Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishidagi poyezdlar harakati soat 16:45 da tiklandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent metrosining Sergeli yoʻnalishi ishi vaqtincha toʻxtatilgani va yoʻlovchilar evakuatsiya qilingan xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0