O‘zbekiston tojik-qirg‘iz chegarasidagi to‘qnashuvlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yuzaga kelgan vaziyatni imkon qadar tez muddatda hal qilish uchun har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirgan.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi to‘qnashuvlar yuzasidan bayonot bilan chiqdi.
Bayonotda ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida vaziyatning keskinlashishi va buning ikki tomondan ham jabrlanishlarga sabab bo‘lgani to‘g‘risidagi xabarlar O‘zbekistonda jiddiy xavotir uyg‘otgan.
“Tomonlarni to‘qnashuvlarni zudlik bilan to‘xtatish, vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha birgalikdagi choralarni ko‘rish va keskinlikning yanada ortishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz” - deyiladi TIV xabarida.
Vazirlik bugungi kunda barcha masalalar va mavjud muammolar Markaziy Osiyoning birodar xalqlariga xos bo‘lgan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda sheriklik munosabatlari ruhida muzokaralar va maslahatlashuvlar yo‘li bilan hal qilinishi zarurligini qayd etgan.
Pogranichniki nesut slujbu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Tojik–qirg‘iz chegarasida mojaro avj olmoqda
O‘z navbatida, O‘zbekiston yuzaga kelgan vaziyatni imkon qadar tez muddatda hal qilish uchun har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 29-aprel kuni Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida navbatdagi mojaro yuzaga keldi. Mojara otishmalarga aylanib ketgan. Unda yaralagangan bor. Qirg‘iziston SSV bir kishi halok bo‘lganini haqida xabar qildi. Ikki mamlakat to‘qnashuvlardagi aybni bir-biriga ag‘darmoqda.
Yangiliklar lentasi
0