Tojik–qirg‘iz chegarasida mojaro avj olmoqda

© Sputnik / A. Kornyushenko / Mediabankka o‘tishPogranichniki nesut slujbu
Pogranichniki nesut slujbu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Obuna bo‘lish
Kecha, 28-aprel kuni tojik-qirg‘iz chegarasida boshlangan mojaro tobora avj olib bormoqda. Ayni damda jarohat olganlar soni 20dan oshgan, bir necha uy olov ichida qolgan.
TOShKENT, 29 apr - Sputnk. Ikki kundan buyon Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida yangi mojaro avj oldi. Ayni damda jabrlanganlar soni Qirg‘iziston tomonidan 15 kishi oshgan, ulardan 1 kishi o-ir ahvolda. Tojikiston tomonidan esa 7 kishi jarohat olgan.
So‘nggi malumotlarga ko‘ra Qirg‘izistonning Kok-Tash qishlog‘ida yong‘in boshlangan va bir necha uylar olov ichida qolgan. Tojikistonning Vorux va Langar qishloqlarida ham otishma bo‘lmoqda.
Qirg‘iziston Davlat xavfsizlik xizmatining Chegarani qo‘riqlash bo‘limi xabariga ko‘ra, mojaro 28-aprel kuni boshlangan. Tojikiston fuqarolari chegara chizig‘iga 3-4 metr masofada yuk avtomobiliga shag‘al-tosh yuklashni boshlagan. Voqea joyiga qirg‘izistonlik chegarachilar yetib kelib ishni to‘xtatishni talab qilishgan.
Birozdan so‘ng Tojikiston tomoni tojik-qirg‘iz chegarasining demarkatsiya qilinmagan hududida joylashgan “Golovnoy vodorazdel” nomli suv tarqatish uzeliga kuzatuv kameralari o‘rnatishni boshlagan. U yerga yetib kelgan qirg‘izistonlik chegara va militsiya xodimlari kamera o‘rnatishni bas qilishni talab qilishgan.
Magazin AK s pulyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Tojik-qirg‘iz chegarasida otishma va portlashlar – video
Shundan so‘ng qirg‘izistonlik chegarachilar kamera o‘rnatilgan ustunlarni arralashni boshlagan. Voqea joyiga ikkala tomondan 100-150 kishi to‘plangan. Ikkala tomon ham bir biriga tosh otgan. O‘q ovozi eshitilgan.
Batken viloyati rahbari Omurbek Suvanaliyev aytishiga ko‘ra, ayni Tojikiston chegarasida bo‘lgan voqealar – ayrim kuchlar tomonidan uyushtirilgan provokatsiya bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Chunki ushbu voqeada oldin chegara oldi hududida 2 kishi o‘g‘irlangan, shuningdek Tojikiston TIVning qalbaki notasi tarqatilgan.
Ma’lumot uchun, Tojikiston va Qirg‘iziston orasidagi chegara chizig‘ining uzunligi 970 km ni tashkil qiladi, undan 504 km demarkatsiya qilinmagan. Jumladan "Golovnoy" nomli suv tarqatish uzeli joylashgan hudud ham. Ushbu joy uchun tortishuv ikki respublika orasida 1991-yildan beri davom etib kelmoqda. Tojkiston va Qirg‘iziston chegarasida jami 70ta mojaroli hudud bor.
Yangiliklar lentasi
0