O‘zbekiston Rossiyadan “Sputnik V”ni yetkazib berish hajmini ko‘paytirishni so‘radi

© SputnikVaksinatsiya Sputnik V
Vaksinatsiya Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rossiyalik hamkasbi Mixail Mishustindan “Sputnik V”ni yetkazib berish hajmini ko‘paytirishni so‘radi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Toshkent Moskvadan koronavirusga qarshi vaksinani yetkazib berish hajmini ko‘paytirishni so‘ramoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qozon shahrida rossiyalik hamkasbi Mixail Mishustin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Aripov respublikada aholini Sputnik V” vaksinasi bilan emlash muvaffaqiyatli boshlanganini ta’kidladi.
“Biz sizdan uning (“Sputnik V” – tahr.) hajmini ko‘paytirishni so‘raymiz, biz shartnomani oshirishga tayyormiz va uni (vaksinani – tahr.) O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyati bo‘lsa, xursand bo‘lardik”, - dedi Aripov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
23 aprelya v Uzbekistan bila dostavlena pervaya partiya vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
"Sputnik V" bilan emlash bepul bo‘ladi - Sanepidxizmat
O‘zbekistonda aholini 1-apreldan koronavirusga qarshi emlash jarayoni boshlangan. Kuni kecha mamlakatga “Sputnik V” vaksinasi ham olib kelindi. 28-apreldan Toshkentda 65 yoshdan oshgan aholi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlandi. 28-aprel holatiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab 646 mingdan ziyod fuqaro emlangan
Yangiliklar lentasi
0