"Sputnik V" bilan emlash bepul bo‘ladi - Sanepidxizmat

© RFPI23 aprelya v Uzbekistan bila dostavlena pervaya partiya vaksini "Sputnik V"
23 aprelya v Uzbekistan bila dostavlena pervaya partiya vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalar miqdori 2,7 milliondan oshdi, jami emlanganlar soni esa 565 mingdan oshgan.
TOShKENT, 27 apr - Sputnik. O‘zbekistonda "Sputnik V" vaksinasi bilan emlash bepul bo‘ladi. Bu haqida Gazeta.uz Sanitar - epidemiologik osoyishtalik xizmati matbuot kotibi Muhammadjon Bozorovga asosan xabar qilmoqda.
"Sputnik V" vaksinasi pullik bo‘lmaydi. Bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Biz "Sputnik V" vaksinasini bilan emlashni boshlashni endi rejalashtirayapmiz", — dedi Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot kotibi.
Biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarda "Sputnik V" vaksinasi xususiy klinikalarda paydo bo‘lgani va uni 500 ming so‘mga olish mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Bugun , 27-aprel kuni O‘zbekistonga "Sputnik V" vaksinasining ikkinchi komponenti 50 ming dozasi olib kelindi. "Sputnik V" bilan ommaviy emlash 28-apreldan boshlanishi kutilmoqda.
Undan tashqari shu kunning o‘zida Xitoy va O‘zbekiston vaksinasi ZF-UZ-VAC 2001 dan ham 1 million doza olib kelindi. Jami olib kelingan vaksinalar miqdori - 2,7 millionni tashkil qildi. Undan AstraZeneca - 660 ming, ZF-UZ-VAC 2001 - 2 mln va "Sputnik V" - 100 mingga yaqin.
O‘zbekistonda ommaviy emlash jarayoni 1-apreldan boshlangan edi. Shu kunga qadar emlanganlar 565 mingdan oshgan.
Yangiliklar lentasi
0