https://oz.sputniknews.uz/20210429/gulistonda-hokim--orinbosari-pora-bilan-qolga-tushdi-18556760.html
Gulistonda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
Gulistonda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati Guliston... 29.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-29T16:57+0500
2021-04-29T16:57+0500
2021-04-29T16:57+0500
hodisalar
jinoyat
pora
sirdaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/581/02/5810234_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_07939176ffbca4f8fb950d384fc6fb2c.jpg
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimining o‘rinbosarini qo‘lga oldi.Departament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, fuqaro M. ariza bilan huquqni muhofa qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Chorvanasl” markazi yetakchi mutaxassisi M.X. unga kam ta’minlangan oilalar uchun “Yulduz” massivida qurilayotgan ko‘p qavatli arzonlashtirilgan uy-joylardan xonadon oluvchilar ro‘yxatiga kiritishni va’da qilgan. Bu ishni tuman hokimi o‘rinbosari orqali hal qilishini aytgan va evaziga 400 dollar so‘ragan. Mutaxassis fuqarodan bu pullarni olayotgan vaqtda ushlangan.Shundan so‘ng M.X.ning ko‘rsatmalariga asosan tezkor tadbir davom ettirilgan. Unda Guliston tuman hokimi o‘rinbosari B.S. yuqoridagi masalada fuqaro M.ga yordam berish evaziga 400 dollarni mutaxassisdan olgan vaqtida qo‘lga tushgan.Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210404/prokuraturaga-ishga-joylashtirish-uchun-pora-talab-qilgan-hojatbarorlar-qolga-olindi-18142952.html
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/581/02/5810234_188:0:1088:675_1920x0_80_0_0_3e147ae56f1b440ae0642d09b8e0f80a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , jinoyat, pora, sirdaryo
hodisalar , jinoyat, pora, sirdaryo
Gulistonda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati Guliston tumani hokimining o‘rinbosarini qo‘lga oldi.
Departament matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, fuqaro M. ariza bilan huquqni muhofa qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Chorvanasl” markazi yetakchi mutaxassisi M.X. unga kam ta’minlangan oilalar uchun “Yulduz” massivida qurilayotgan ko‘p qavatli arzonlashtirilgan uy-joylardan xonadon oluvchilar ro‘yxatiga kiritishni va’da qilgan. Bu ishni tuman hokimi o‘rinbosari orqali hal qilishini aytgan va evaziga 400 dollar so‘ragan. Mutaxassis fuqarodan bu pullarni olayotgan vaqtda ushlangan.
Shundan so‘ng M.X.ning ko‘rsatmalariga asosan tezkor tadbir davom ettirilgan. Unda Guliston tuman hokimi o‘rinbosari B.S. yuqoridagi masalada fuqaro M.ga yordam berish evaziga 400 dollarni mutaxassisdan olgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.