https://oz.sputniknews.uz/20210428/otabekov-hozirda-covid-19-ga-qarshi-emlash-faqat-davlat-muassasalarida-amalga-oshirilmoqda--18524457.html
Otabekov: hozirda COVID-19 ga qarshi emlash faqat davlat muassasalarida amalga oshirilmoqda
Otabekov: hozirda COVID-19 ga qarshi emlash faqat davlat muassasalarida amalga oshirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Nurmat Otabekov xususiy muassasalar ham o‘zlari koronavirusga qarshi vaksinani olib kelib, emlash jarayonlarini amalga oshirishlari mumkinligini ma’lum qildi. 28.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-28T10:50+0500
2021-04-28T10:50+0500
2021-04-28T10:50+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
nurmat otabekov
o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/17/17905720_65:586:2664:2048_1920x0_80_0_0_f6172658da533d7636e291dedbe54c1e.jpg
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi vaksina xususiy sektor tomonidan pulli qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lumot berdi.Uning ta’kidlashicha, xususiy immunoprofilaktika muassasalar (emlash markazlari) tomonidan koronavirusga qarshi emlash jarayonlariga ruxsat berilgan. Shu bilan birga, hozirgi kunda koronavirusga qarshi vaksinalar faqat davlat buyurtmasi asosida olib kelinmoqda va ushbu vaksinalar bilan aholining xavf osti guruhiga kiruvchi qatlamlari emlanmoqda.U keyinchalik mamlakatga olib kelinayotgan vaksinalarga davlat buyurtmasi shakllantirilayotgan chog‘da xususiy sektor ehtiyoji ham e’tiborga olinishini qayd etdi.“Xususiy sektor ehtiyoji ham e’tiborga olinsa, uni yurtimizga yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan tashkilot, shu jumladan, „Dori-darmon“ AK tomonidan ham xususiy sektorga yo‘naltirilishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Otabekov.Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev xususiy sektor koronavirusga qarshi vaksinani mamlakatga olib kelishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.O‘zbekistonda aholini 1-apreldan koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 va AstraZeneca vaksinalari bilan emlash jarayoni boshlangan. Kuni kecha mamlakatga “Sputnik V” vaksinasi ham olib kelindi. 28-apreldan Toshkentda 65 yoshdan oshgan aholi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlanadi. 27-aprel holatiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab 600 mingdan ziyod fuqaro emlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20210427/sputnik-v-bilan-emlash-bepul-boladi---sanepidxizmat-18517518.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/17/17905720_406:582:2357:2045_1920x0_80_0_0_f29b6dc55ec85e9b5f3dab397510a94b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, nurmat otabekov, o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, nurmat otabekov, o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
Otabekov: hozirda COVID-19 ga qarshi emlash faqat davlat muassasalarida amalga oshirilmoqda
Nurmat Otabekov xususiy muassasalar ham o‘zlari koronavirusga qarshi vaksinani olib kelib, emlash jarayonlarini amalga oshirishlari mumkinligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi vaksina xususiy sektor tomonidan pulli qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov
ma’lumot berdi.
Uning ta’kidlashicha, xususiy immunoprofilaktika muassasalar (emlash markazlari) tomonidan koronavirusga qarshi emlash jarayonlariga ruxsat berilgan. Shu bilan birga, hozirgi kunda koronavirusga qarshi vaksinalar faqat davlat buyurtmasi asosida olib kelinmoqda va ushbu vaksinalar bilan aholining xavf osti guruhiga kiruvchi qatlamlari emlanmoqda.
“Xususiy immunaprofilaktik muassasalar ham o‘zlari koronavirusga qarshi vaksinani olib kelib, emlash jarayonlarini amalga oshirishlari mumkin. Ammo hozircha biror bir xususiy vaksinatsiya markazida bunday amaliyotlar o‘tkazilmayapti”, — dedi Otabekov.
U keyinchalik mamlakatga olib kelinayotgan vaksinalarga davlat buyurtmasi shakllantirilayotgan chog‘da xususiy sektor ehtiyoji ham e’tiborga olinishini qayd etdi.
“Xususiy sektor ehtiyoji ham e’tiborga olinsa, uni yurtimizga yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan tashkilot, shu jumladan, „Dori-darmon“ AK tomonidan ham xususiy sektorga yo‘naltirilishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Otabekov.
Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev xususiy sektor koronavirusga qarshi vaksinani mamlakatga olib kelishi mumkinligini
ma’lum qilgan edi.O‘zbekistonda aholini 1-apreldan koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 va AstraZeneca vaksinalari bilan emlash jarayoni
boshlangan. Kuni kecha mamlakatga “Sputnik V” vaksinasi ham
olib kelindi. 28-apreldan Toshkentda 65 yoshdan oshgan aholi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlanadi. 27-aprel holatiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab 600 mingdan ziyod fuqaro emlangan.