Chegarani piyoda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan migrantlar qo‘lga olindi

© press-slujba Pogranichnogo upravleniya FSB Rossii po Smolenskoy oblastiSotrudniki Pogranichnogo upravleniya FSB Rossii po Smolenskoy oblasti zaderjali urojensev respublik SA, napravlyavshixsya peshkom ot gosudarstvennoy granisi vglub rossiyskoy territorii
Sotrudniki Pogranichnogo upravleniya FSB Rossii po Smolenskoy oblasti zaderjali urojensev respublik SA, napravlyavshixsya peshkom ot gosudarstvennoy granisi vglub rossiyskoy territorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2021
Obuna bo‘lish
Smolensk viloyatida davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlik holati yuzasidan chet el fuqarolari hibsga olindi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya FXX Smolensk viloyati bo‘yicha chegara boshqarmasi xodimlari Krasninskiy tumani Lonnitsa qishlog‘i yaqinida davlat chegarasini piyoda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan Markaziy osiyolik migrantlarni qo‘lga oldi.
Jami 22 kishi qo‘lga olindi. Noma’lum shaxs migrantlarni Belarus hududidan Dnepr darosi orqali qayiqda olib o‘tgani aniqlandi. Ular Moskva viloyatiga borishni rejalashtirishgan edi.
Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2021
Nolegal migrantlar Rossiyadan 15-iyunga qadar chiqib ketishlari kerak – IIV
Shuningdek, Monastirshinskiy tumanining Dubrovka qishlog‘i hududida chegarachilar Belarus hududidan kelayotgan 2ta mikroavtobus to‘xtatildi. Mikroavtobusda 15 nafar chet el fuqarosi va bir nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan. Tekshiruv davomida fuqaroligi bo‘lmagan shaxsda Rossiyaga kirish uchun taqiq qo‘yilgani aniqlandi.
FXX Smolensk viloyatidagi chegara boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘tgan hafta dam olish kunlari davomida chegara boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda chegara rejimini buzgan 180 nafardan ziyod fuqaro qo‘lga olindi. Fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortilib, qo‘shni davlat hududiga qaytarilgan.
Yangiliklar lentasi
0