https://oz.sputniknews.uz/20210417/nolegal-migrantlar-rossiyadan-15-iyunga-qadar-chiqib-ketishlari-kerak--iiv-18382757.html
Nolegal migrantlar Rossiyadan 15-iyunga qadar chiqib ketishlari kerak – IIV
Nolegal migrantlar Rossiyadan 15-iyunga qadar chiqib ketishlari kerak – IIV
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Joriy yilning 15-iyuniga qadar nolegal mehnat muhojirlari Rossiyani tark etishlari kerak. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi
2021-04-17T15:23+0500
2021-04-17T15:23+0500
2021-04-17T15:23+0500
migratsiya
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/283/02/2830243_0:114:2977:1789_1920x0_80_0_0_fa0d1366ada8f81d935d8a9a084fea65.jpg
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Joriy yilning 15-iyuniga qadar nolegal mehnat muhojirlari Rossiyani tark etishlari kerak. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy bayonot bergan.Rossiyadan chiqmagan migrantlar sanksiyalarga duch kelishlari mumkin.Gorovoy ushbu bayonotni MDH Parlamentlararo assambleyasining 52-yalpi majlisida aytgan. Majlisda koronavirus pandemiyasi vaqtida migratsiya masalalari muhokama qilingan.IIV rahbari birinchi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada migrantlar uchun keng ko‘lamli yengilliklar joriy etilgan edi: xususan, pandemiya vaqtida mamlakatdan chiqa olmay qolib ketgan migrantlarning ruxsat beruvchi hujjatlari avtomatik ravishda uzaytirilgan, migratsion talablarni buzganlik uchun sanksiyalar qo‘llanilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan va boshqalar.Ammo ayni vaqtda Rossiyada nolegal migrantlar soni yarim milliondan oshib ketgan."Agar biz sizlar bilan ular sonini prezident qarorida aytilganidek 15-iyunga qadar pasaytirmasak, ularga nisbatan jazo qo‘llaniladi — migrantlar chiqarib yuboriladi va chegaralar yopiladi. Men sizlar o‘z davlatlaringizda OAV yordamida tashviqot ishlarini olib borishingizni istardim”, — dedi Gorovoy.Rossiyadagi nolegal migrantlar soni MDH kesimida:O‘zbekistonliklar – 332 ming nafar;Tojikistonliklar – 247 ming nafar;Ukrainlar - 152 ming nafar;Ozarbayjonliklar - 120 ming;Qirg‘izistonliklar - 115 ming;Armanistonliklar – 61 ming;Moldovaliklar - 56 ming;Qozog‘istonliklar - 49 ming.Rossiya IIV rahbari o‘rinbosari pandemiya boshlangan davrdan buyon Rossiya hududida migrantlar uchun yashash muddatlari to‘rt marta uzaytirilganini qo‘shimcha qildi. Prezidentning so‘nggi qarori bilan bu muddat 15-iyunga qadar uzaytirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210415/rossiyadan-migrantlarining-pul-otkazmalari-kamaydi-18357759.html
https://oz.sputniknews.uz/20210414/saylovlar-rus-tili-migrantlar-norboeva-va-volodin-qaysi-mavzularni-muhokama-qildi-18333810.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/283/02/2830243_221:0:2757:1902_1920x0_80_0_0_b0177d58c55a0689f37d0cbcab7e5200.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migratsiya
Nolegal migrantlar Rossiyadan 15-iyunga qadar chiqib ketishlari kerak – IIV
Rossiya IIV ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 332 ming nafar nolegal o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari bor.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Joriy yilning 15-iyuniga qadar nolegal mehnat muhojirlari Rossiyani tark etishlari kerak. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy bayonot bergan.
Rossiyadan chiqmagan migrantlar sanksiyalarga duch kelishlari mumkin.
Gorovoy ushbu bayonotni MDH Parlamentlararo assambleyasining 52-yalpi majlisida aytgan. Majlisda koronavirus pandemiyasi vaqtida migratsiya masalalari muhokama qilingan.
IIV rahbari birinchi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada migrantlar uchun keng ko‘lamli yengilliklar joriy etilgan edi: xususan, pandemiya vaqtida mamlakatdan chiqa olmay qolib ketgan migrantlarning ruxsat beruvchi hujjatlari avtomatik ravishda uzaytirilgan, migratsion talablarni buzganlik uchun sanksiyalar qo‘llanilishi vaqtinchalik to‘xtatilgan va boshqalar.
Ammo ayni vaqtda Rossiyada nolegal migrantlar soni yarim milliondan oshib ketgan.
"Agar biz sizlar bilan ular sonini prezident qarorida aytilganidek 15-iyunga qadar pasaytirmasak, ularga nisbatan jazo qo‘llaniladi — migrantlar chiqarib yuboriladi va chegaralar yopiladi. Men sizlar o‘z davlatlaringizda OAV yordamida tashviqot ishlarini olib borishingizni istardim”, — dedi Gorovoy.
Rossiyadagi nolegal migrantlar soni MDH kesimida:
O‘zbekistonliklar – 332 ming nafar;
Tojikistonliklar – 247 ming nafar;
Ukrainlar - 152 ming nafar;
Ozarbayjonliklar - 120 ming;
Qirg‘izistonliklar - 115 ming;
Armanistonliklar – 61 ming;
Qozog‘istonliklar - 49 ming.
Rossiya IIV rahbari o‘rinbosari pandemiya boshlangan davrdan buyon Rossiya hududida migrantlar uchun yashash muddatlari to‘rt marta uzaytirilganini qo‘shimcha qildi. Prezidentning so‘nggi qarori bilan bu muddat 15-iyunga qadar uzaytirilgan.