Qaysi davlatlar harbiy xarajatlarni ko‘paytirmoqda?

© Sputnik / Andrey Katayev / Mediabankka o‘tishMnogofunksionalnie istrebiteli patogo pokoleniya Su-57
Mnogofunksionalnie istrebiteli patogo pokoleniya Su-57 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Obuna bo‘lish
SIPRI hisobotiga asosan Rossiya mudofaa budjeti bo‘yicha 4-o‘rinda, Global Firepower dunyo harbiy qudrat reytingida esa 2-o‘rinni egalladi.
Bu "yonboshlik" davlat boshqaruvining yuqori sifati, harbiy qurilishining to‘g‘ri strategiyasi va Rossiya mudofaa sanoatining samaradorligidan dalolat beradi.
Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqotlari instituti (SIPRI) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi 2020-yilda harbiy xarajatlarga 61,7 milliard dollar sarfladi va dunyoda 4-o‘rinni egalladi.
Jahonda harbiy xarajatlarni 2,6 foizga oshirish bo‘yicha jahon tendensiyasi kuzatilayotganda, Rossiya 2020-yilda tasdiqlangan mudofaa budjetidan 6,6 foiz kam mablag‘ sarfladi.
Oldinroq, 2019-yilda Rossiya Federatsiyasining harbiy xarajatlari 65,1 milliard dollarni tashkil etgan, o‘tgan yilda xarajatlar 3,4 milliard dollarga kamaydi.
Amerikanskie voyennie na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2021
AQSh Markaziy Osiyoda harbiy baza uchun joy izlayapti. Pentagon O‘zbekistonni tanlaydimi?
Moskvaning maqsadi - tiyiqsiz harbiylashtirish emas, mudofaa qobiliyati oqilona va yetarli bo‘lishi kerak.
Harbiy xarajatlari eng katta bo‘lgan davlatlar beshligiga AQSh, Xitoy, Hindiston, Rossiya va Buyuk Britaniya kiritildi, ular dunyo xarajatlarning 62 foizini tashkil etadi - 1,98 trillion dollar.
Nisbatan uncha katta bo‘lmagan harbiy budjetga qaramay Rossiya Global Firepower harbiy qudrat global reytingida Qo‘shma Shtatlardan keyin 2-o‘rinda, Xitoy 3-o‘rinda, Hindiston 4-o‘rinda, Buyuk Britaniya esa qudratli beshlikka kiritilmadi (8-o‘rinda).
Katta yutuqlari Rossiya harbiy sanoatining to‘g‘ri strategiyasi, davlat boshqaruvi va milliy mudofaa-sanoat kompleksi samaradorligi va yuqori texnologik qurollarni ishlab chiqarish bilan izohlanadi.
Rossiysko-tadjikskie ucheniya na poligone Faxrabad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Rus-tojik qo‘shma harbiy mashqlar – Afg‘onistondagi jihodchilarga ogohlantirish
Global Firepower Rossiya Federatsiyasining harbiy budjetini faqat 11-chi pog‘onaga qo‘yishi qiziq, bu turli xil hisoblash usullari bilan izohlanadi. Shuni inobatga olish kerakki, harbiy xarajatlar davlatning qurolli kuchlarga sarflanadigan barcha xarajatlarini, shu jumladan ish haqi, qurol-yarog‘va harbiy texnikani xarid qilish, harbiy qurilish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik, boshqaruv va front orqasidagi ta’minotni o‘z ichiga oladi. Qurol-aslaha xarajatlari umumiy harbiy xarajatlarning kichik qismini tashkil etadi.
Albatta, barcha harbiy xarajatlar "shaffof" emas, SIPRI reytingining obyektivligi nisbiy, 6ta yoki 9ta nolga teng bo‘lgan raqamlar qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligiga bevosita bog‘liq emas. 2020-yilda NATO davlatlarining harbiy xarajatlari bir trillion dollardan oshdi - bu Rossiyadan 25 baravar ko‘p. Shunga qaramay 20-yillik harbiy operatsiyalar davomida “Tolibon”* ustidan g‘alaba qozonmasdan G‘arb koalitsiyasi Afg‘onistonni sharmandalik bilan tark etmoqda.

Postsovet hudud

Rossiyani hisobga olmaganda, MDH davlatlarining harbiy xarajatlari juda kam ko‘rinadi va jadvalda ular yetakchi davlatlardan ancha uzoqlikda joylashgan.
Rossiyaning harbiy rivojlanish strategiyasi - eng kam mablag‘ evaziga eng yaxshi natija - postsovet hududida muvaffaqiyatli. Moskva ittifoqchilarga qurol bilan yordam berapti - ichki Rossiya narxlarida va ba’zi namunalar bepul yetkazib beriladi. Eslatib o‘taman, 2016-2020 yillarda qurol eksporti bo‘yicha ilgari nashr etilgan SIPRI hisobotida Rossiya dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rin berilgan edi. Bu harbiy xarajatlarni daromadlarga va MDH (KXShT) jamoaviy xavfsizlik tizimiga aylantirishning bir turi.
Masalan, 2015-yildan boshlab Qozog‘iston MDH davlatlaridan birinchi bo‘lib, Rossiyadan imtiyozli shartlarda 12 ta Su-30SM qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarini, shuningdek Mi-171Sh va Mi-35 harbiy transport va hujum vertolotlarini, zamonaviylashtirilgan Il-76MD-90A samolyotlarini sotib oldi. Avvalroq, respublika Su-24 front-bombardimonchi samolyotlari, MiG-31 va MiG-29 qiruvchilari, S-300 zenit-raketa majmualarini bepul qabul qildi.
Belarus Rossiyadan ko‘p turdagi qurollarni oladi. Avvalroq respublika Mudofaa vazirligi S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma tayyorlanayotgani haqida xabar bergandi. Havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa kuchlari uchun S-300PS havo hujumidan mudofaa tizimining 4ta zenit-raketa bo‘linmasi sotib olindi. Avvalroq Belarus 8ta S-300PMU-1 komplekti, 4ta “Tor-M2” havo hujumidan mudofaa tizimi (batareya) va ular uchun raketalar partiyasini (2017 yilgi shartnoma bo‘yicha) olgandi. Yetkazib berilgan qurollar katta qismi – imtiyoz shartlar asosida yoki bepul.
Nirayushiy patrulniy korabl Straj - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2021
Sho‘ng‘uvchi BOSS: Rossiya yangi suvosti kemasini eksport qiladi
Armanistonga 2ta S-300 havo mudofaasi raketa divizioni (MDHning havo hujumidan mudofaaning yagona tizimini shakllantirish doirasida) bepul taqdim etildi, Rossiyaning sotib olingan to‘rtta “Iskander-E” raketa tizimining (va 25ta raketa) dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi. 12 ta Su-30SM qiruvchisi, "Buk-M1-2", "Tor-M2KM", "Osa-AK" zenit-raketa komplekslari, TOS-1A "Solnsepek" og‘ir ognemot tizimlarini oldi.
Moskva Yerevanga Rossiyaning ichki narxlarida qurol-yarog‘ yetkazib beradi, shuningdek 300 million dollar miqdoridagi davlat qarzlariga yordam beradi. Har qanday qurol shunchaki vosita, unga mohir qo‘llar zarur. Bilim va tajriba – erishib bo‘ladigan narsa, va nisbatan kam xarajatli.
Boshqa tomondan NATOga a’zo bo‘lish uzoq davrida Boltiqbo‘yi davlatlarining harbiy budjetlari birorta jangovar samolyot, tank yoki kemaga ega bo‘lmadi (eski minalar tozalash vositalari va yangi qayiqlar hisobga olinmaydi).
Polsha oxirgi “Orzel” suvosti kemasi (SSSRda ishlab chiqarilgan)ni yo‘qotdi, yer usti floti yomonlashishda davom etmoqda.
Ruminiya eski sovet davridan qolgan "Mig" samolyotlaridan foydalanmoqda. Bu Afg‘oniston, Iroq, Suriyada va boshqa mojaroli nuqtalarda harbiy g‘alabalarsiz, qo‘shinlarning jangovar samaradorligi sezilarli darajada oshmasdan, gipertovushli raketalarsiz, katta pullarni ko‘kka sovurish "strategiyasining" o‘ziga xos proyeksiyasidir.
Qanday bo‘lmasin, bugungi kunda va yaqin kelajakda dunyoning ko‘plab davlatlari ichki siyosiy beqarorlikka - fuqarolar urushi yoqasida yoki xalqaro terrorizmga qarshi kurashda – harbiy operatsiyalar shaklida kurash olib borishga majbur bo‘lmoqda. Bularning barchasi mudofaa xarajatlarining yanada o‘sishini oldindan belgilab beradi.
Yangiliklar lentasi
0