Moskva muftiysi masjidlar yetishmasligidan shikoyat qildi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovNamaz
Namaz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Moskvada masjidlar yetishmasligi sabab 30 mingdan ziyod kishi har hafta juma namozini poytaxt ko‘chalarida ado etishga majbur. Bu haqda Rossiya musulmonlari diniy kengashining rahbari muftiy Albir Krganov ma’lum qildi.
Krganov bu yil Moskvada Ramazon hayiti namozini ommaviy o‘qishga taqiq qo‘yilmaganini ta’kidladi. Uning taxminiga ko‘ra, shaharda Ramazon hayitini nishonlashda 250 ming nafarga yaqin kishi ishtirok etadi.
V Urgute otkrilas novaya mechet.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2021
Urgutda muhtasham jome masjidi ochildi
“Afsuski, poytaxtda (Moskvada – tahr.) masjidlar yetishmasligi muammosini yana bir ta’kidlashim darkor. Hayit namozlari u yoqda tursin, hatto juma namozlarini 30 mingdan ziyod musulmonlar ko‘chada ado etishga majbur, chunki masjidlarda joy yo‘q”, - dedi muftiy. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Krganov Moskva hukumatiga murojaat qilib, bu muammo albatta hal etish va shaharda masjid qurilishi uchun yer ajratishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil dunyo musulmonlari Ramazon hayitini 13-may kuni nishonlashadi.
Yangiliklar lentasi
0