https://oz.sputniknews.uz/20210314/urgutda-muhtasham-jome-masjidi-ochildi-17742103.html
Urgutda muhtasham jome masjidi ochildi
Urgutda muhtasham jome masjidi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumanida barpo “Urgut” markaziy jome masjidi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qilmoqda.
2021-03-14T13:14+0500
2021-03-14T13:14+0500
2021-03-14T15:55+0500
jamiyat
masjid
samarqand viloyati
urgut
o‘zbekiston musulmonlari idorasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0e/17741984_0:122:1300:853_1920x0_80_0_0_5cf568e4fc0f4dcfb3eda62b080add65.jpg
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumanida barpo “Urgut” markaziy jome masjidi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qilmoqda.Uning ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov ishtirok etdi.Masjid maydoni bir gektardan oshiq. Xonaqosining hajmi 45x55 metr, ya’ni 2500 kv/m.ni tashkil qiladi. Jome ikki qavatdan iborat bo‘lib, 8000 nafarga yaqin namozxonni sig‘dira oladi. Xonaqoh o‘rtasida 34 metrli baland gumbaz qad rostlagan. Uning aylanasi 18 metrni tashkil etadi.Masjidning to‘rt tomonida ikkitasi 40 metrli va yana ikkitasi 43 metrli bo‘lgan to‘rt minora qurilgan. Zamonaviy tahoratxonadan bir vaqtning o‘zida 100 kishi foydalanishi mumkin. Masjid xodimlari uchun 2 qavatli ma’muriy bino barpo etilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0e/17741984_0:0:1300:975_1920x0_80_0_0_121ea394c89e0ab7184ab2e7adde0557.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, masjid, samarqand viloyati, urgut, o‘zbekiston musulmonlari idorasi
jamiyat, masjid, samarqand viloyati, urgut, o‘zbekiston musulmonlari idorasi
Urgutda muhtasham jome masjidi ochildi
13:14 14.03.2021 (yangilandi: 15:55 14.03.2021) Masjid maydoni bir gektardan oshiq. U ikki qavatdan iborat bo‘lib, 8000 nafarga yaqin namozxonni sig‘dira oladi. Xonaqoh o‘rtasida 34 metrli baland gumbaz qad rostlagan.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumanida barpo “Urgut” markaziy jome masjidi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi
xabar qilmoqda.
Uning ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov ishtirok etdi.
Masjid maydoni bir gektardan oshiq. Xonaqosining hajmi 45x55 metr, ya’ni 2500 kv/m.ni tashkil qiladi. Jome ikki qavatdan iborat bo‘lib, 8000 nafarga yaqin namozxonni sig‘dira oladi. Xonaqoh o‘rtasida 34 metrli baland gumbaz qad rostlagan. Uning aylanasi 18 metrni tashkil etadi.
Masjidning to‘rt tomonida ikkitasi 40 metrli va yana ikkitasi 43 metrli bo‘lgan to‘rt minora qurilgan. Zamonaviy tahoratxonadan bir vaqtning o‘zida 100 kishi foydalanishi mumkin. Masjid xodimlari uchun 2 qavatli ma’muriy bino barpo etilgan.