https://oz.sputniknews.uz/20210427/chiroqchida-birinchi-sinf-oquvchisi-olimi-sabab-ayollar-yolni-tosib-qoydi-18516691.html
Chiroqchida birinchi sinf o‘quvchisi o‘limi sabab ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi
Chiroqchida birinchi sinf o‘quvchisi o‘limi sabab ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
“Qumdaryo” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ayollar farzandlari avtomobil yo‘lini kesib o‘tishlari xavfli ekanini aytib, yangi maktab qurish berishni talab qilishgan. 27.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-27T17:57+0500
2021-04-27T17:57+0500
2021-04-27T17:57+0500
hodisalar
yth
qashqadaryo viloyati
chiroqchi tumani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/840/60/8406078_0:0:1200:676_1920x0_80_0_0_5eff02c1523ef2e799f1bfc275f6afc2.jpg
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani “Qumdaryo” mahalla fuqarolar yig‘ini Oqto‘nli qishlog‘ida yashovchi bir guruh ayollar 23-aprel kuni “Qarshi—Samarqand” yo‘lining Xo‘jaobod qishlog‘idan o‘tuvchi qismini to‘sib qo‘ygan. Voqea yuzasidan tuman hokimligi izoh berdi.Hokimlik xabariga ko‘ra, ayollar farzandlari qo‘shni qishloqdagi maktabga borish uchun qiynalayotgani, Xo‘jaobod qishlog‘idagi maktabga borish uchun “Qarshi-Samarqand” avtomobil yo‘lini kesib o‘tishlari xavfli ekanini aytishgan. Chunki 21-aprel kuni yuk mashinasi piyodalar yo‘lakchasini kesib o‘tayotgan 140-sonli umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi D.E.ni urib yuborgan va u vafot etgan. Qashqadaryo viloyat IIB xabariga ko‘ra, ayollar o‘z hududlarida maktab qurib berishni so‘rashgan. Bundan tashqari, o‘quvchi qizni urib yuborgan “Isuzu” yuk mashinasi haydovchisi hibsga olingan. Unga nisbatan JKning 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘lishiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi ochilgan.Chiroqchi tumani hokimligi ko‘ngilsiz YTHdan keyin mahalliy aholi bilan uchrashuv o‘tkazilgani va “Qumdaryo” mahallasida qurilayotgan maktabning qurilishi tez orada boshlanishi tushuntirilganini ta’kidlagan. Qashqadaryo viloyati hokimligi viloyat hokimi Zoyir Mirzayev marhuma D.E.ning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga hamdardlik bildirgani va vaziyatni to‘liq nazoratga olganini ma’lum qilgan. Shuningdek, 1-sentabr kuni yangi maktab foydalanishga topshirilishiga ishontirgan.2021 yil Davlat dasturi asosida Chiroqchi tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 99-sonli umumta’lim maktabi filiali qurilishi rejalashtirilgan. U 176 o‘rinli bo‘ladi. Qurilish ishlari boshlanishi yilning ikkinchi choragida belgilangan. Hozirgi kunda buyurtmachi pudratchi tashkilotlar tanlovini o‘tkazish ishlari olib borilmoqda, deb qo‘shimcha qilgan tuman hokimligi.
https://oz.sputniknews.uz/20210422/ozbekistonda-yomon-yollar-sabab-qariyb-2-yil-ichida-191-kishi-halok-bolgan-18452034.html
https://oz.sputniknews.uz/20200929/Andizhonda-yuk-mashinasi-ikki-izaloni-bosib-ketdi-15073692.html
qashqadaryo viloyati
chiroqchi tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/840/60/8406078_84:0:1151:800_1920x0_80_0_0_431248fa4f13d743f934a226ce0c90b5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , yth, qashqadaryo viloyati, chiroqchi tumani
hodisalar , yth, qashqadaryo viloyati, chiroqchi tumani
Chiroqchida birinchi sinf o‘quvchisi o‘limi sabab ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi
“Qumdaryo” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ayollar farzandlari avtomobil yo‘lini kesib o‘tishlari xavfli ekanini aytib, yangi maktab qurish berishni talab qilishgan.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani “Qumdaryo” mahalla fuqarolar yig‘ini Oqto‘nli qishlog‘ida yashovchi bir guruh ayollar 23-aprel kuni “Qarshi—Samarqand” yo‘lining Xo‘jaobod qishlog‘idan o‘tuvchi qismini to‘sib qo‘ygan. Voqea yuzasidan tuman hokimligi
izoh berdi. Hokimlik xabariga ko‘ra, ayollar farzandlari qo‘shni qishloqdagi maktabga borish uchun qiynalayotgani, Xo‘jaobod qishlog‘idagi maktabga borish uchun “Qarshi-Samarqand” avtomobil yo‘lini kesib o‘tishlari xavfli ekanini aytishgan. Chunki 21-aprel kuni yuk mashinasi piyodalar yo‘lakchasini kesib o‘tayotgan 140-sonli umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi D.E.ni urib yuborgan va u vafot etgan.
Qashqadaryo viloyat IIB
xabariga ko‘ra, ayollar o‘z hududlarida maktab qurib berishni so‘rashgan. Bundan tashqari, o‘quvchi qizni urib yuborgan “Isuzu” yuk mashinasi haydovchisi hibsga olingan. Unga nisbatan JKning 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘lishiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Chiroqchi tumani hokimligi ko‘ngilsiz YTHdan keyin mahalliy aholi bilan uchrashuv o‘tkazilgani va “Qumdaryo” mahallasida qurilayotgan maktabning qurilishi tez orada boshlanishi tushuntirilganini ta’kidlagan.
Qashqadaryo viloyati hokimligi viloyat hokimi Zoyir Mirzayev marhuma D.E.ning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga hamdardlik bildirgani va vaziyatni to‘liq nazoratga olganini
ma’lum qilgan. Shuningdek, 1-sentabr kuni yangi maktab foydalanishga topshirilishiga ishontirgan.
2021 yil Davlat dasturi asosida Chiroqchi tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 99-sonli umumta’lim maktabi filiali qurilishi rejalashtirilgan. U 176 o‘rinli bo‘ladi. Qurilish ishlari boshlanishi yilning ikkinchi choragida belgilangan. Hozirgi kunda buyurtmachi pudratchi tashkilotlar tanlovini o‘tkazish ishlari olib borilmoqda, deb qo‘shimcha qilgan tuman hokimligi.