Andijonda yuk mashinasi ikki qizaloqni bosib ketdi

© Sledstvenniy departamentVoditel na gruzovike sbil dvux detey v Andijanskoy oblasti - foto
Voditel na gruzovike sbil dvux detey v Andijanskoy oblasti - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijonda ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Qirg‘iziston fuqarosi 10 va 3 yashar qizaloqlarni bosib ketib, xonadonga borib urildi. Natijada har ikki qizaloq va haydovchi qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Andijon viloyatida “Volvo” haydovchisi ikki kishininng umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda  IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Yo‘l-transport hodisasi 28-sentabr Buloqboshi tumani “Sanoat” MFY, Gastrol ko‘chasidan o‘tgan “Buloqbosh-Andijon” avtomashina qatnov yo‘lida ro‘y bergan. Qirg‘iziston fuqarosi 28 yoshli haydovchi Sh.L. “Volvo” avtomashinasida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. So‘ngra yo‘lning chetida harakatlanib kelayotgan piyodalar 10 yoshli B.A. va 3 yoshli K.N.ni bosib o‘tib, shu yerdagi xonadonlarning biriga borib urilgan.

© Sledstvenniy departamentVoditel na gruzovike sbil dvux detey v Andijanskoy oblasti - foto
Andijonda yuk mashinasi ikki qizaloqni bosib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Voditel na gruzovike sbil dvux detey v Andijanskoy oblasti - foto

YTH natijasida piyodalar B.A. va Q.N., hamda haydovchi Sh.L.lar vafot etishgan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga o‘tkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0