O‘zbekiston va Tojikiston yangi temir yo‘l qurilishini muhokama qildi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishStroitelstvo BAMa-2 v Amurskoy oblasti
Stroitelstvo BAMa-2 v Amurskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2021
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat Transport vazirliklari vakillari transport sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Dushanbe shahrida Tojikiston va O‘zbekiston Transport vazirliklari vakillarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Sputnik Tojikiston xabariga ko‘ra, unda Panjakent (Tojikiston) va Bulung‘ur/Jomboy (O‘zbekiston) uchastkasida yangi temir yo‘lini qurish masalasi ham muhokama qilingan.
Muzokaralarda Bekobod-Istiqlol temir yo‘lini elektrifikatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, bu uchastkada tranzit yuk tashish hajmini ko‘paytirish imoniyati ko‘rib chiqilgan.
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2021
Abdulla Aripov Xo‘jandda Rasulzoda bilan uchrashuv o‘tkazadi
Yig‘ilishda tomonlar O‘zbekiston-Tojikiston-Xitoy transport yo‘lagini rivojlantirish va Hashtak-Bekobod nazorat o‘tkazish punktini qayta tiklash mavzulariga ham to‘xtatib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, 21-aprel kuni Dushanbe shahriga O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurgan. Ular tojikistonlik hamkasblari bilan birga prezident Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi yakunida imzolanishi kutilayotgan loyihalar ustida ish olib borishadi.
Yangiliklar lentasi
0