Tarixning uqilmagan darslari - Dmitriy Medvedev

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaDmitriy Medvedev na zasedanie Soveta glav pravitelstv stran-uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva
Dmitriy Medvedev na zasedanie Soveta glav pravitelstv stran-uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2021
Obuna bo‘lish
“Katta kuch bilan to‘qnashuvdan qochish, bu qo‘rqoqlik emas - donolikdan darak beradi, chunki o‘zini o‘zi qurbon qilish hech qachon va hech qayerda afzal bo‘lmagan” (Sun Szi. Urush san’ati).
So‘nggi yillarda Rossiya va AQSh munosabatlari qarama qarshilikdan – sovuq urush davriga qaytdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Sanksiyalar bosimi, po‘pisa va qarama-qarshilik, faqat o‘z manfaatini o‘ylash – bularning barchasi dunyoda doimiy beqarorlik paydo bo‘lishiga olib keldi.
Ikki davlat munosabatlari uzoq vaqt davomida ana shunday holatda bo‘lsa, buni krizis deyishadi. Bunday inqiroz munosabatlarda yanada keskin qarama-qarshiliklar davriga – “inqirozlar inqiroziga” olib keladi. Bunday vaziyatda har qanday nojo‘ya qadam, sabr yetishmasligi, aytilgan har bir so‘zning strategik vaznini baholay bilmaslik – nafaqat ikki mamlakatni to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga olib kelishi, balkim butun dunyoni o‘ta og‘ir muammolar girdobiga tashlashi mumkin.
Gosudarstvenniy flag SShA u amerikanskogo posolstva v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
Rossiya 10 nafar AQSh elchixonasi xodimlarini chiqarib yuboradi
Ana shunday krizis bizning tariximizda allaqachon sodir bo‘lgan edi. Voqea joyi - Karib dengizi, voqealar mazmuni – juda o‘xshash.
O‘sha davrlardagi AQSh tashqi siyosati bizni davlatni ham unga munosib javob qaytarishga majbur qilgan edi. 1950-yillar oxiri 1960-yillar boshida Amerika o‘z raketalarini Turkiya, Janubiy Vyetnam va Livanda joylashtirib SSSRga tahdid solgan edi.
Bugun esa – bu Rossiyaga qarshi tashkil qilingan kampaniya, sanksiyalar, qo‘shni davlatlar bilan Rossiyaga qarshi olib borilayotgan siyosat, NATOning Rossiya chegaralariga yaqin kelishi, “Shimoliy oqim – 2” qurilishiga qarshilik qilish, Shimoliy dengiz yo‘li ochilishidan xavotirga tushish, Ukraina masalasi va boshqalardan iboratdir. Ana shunday siyosat natijalari har kuni namoyish etilmoqda.
Raqibga ko‘rsatilayotgan tahlika darajasi bo‘yicha bugungi Rossiya, oldin SSSR kabi, AQShdan ancha ortda qolmoqda.
1960 yillar boshida SSSR tomonidan AQShga javob sifatida strategik raketalar Kubada joylashtirilganida AQSh harbiy kemalarini olib kelib Kubani dengiz blokadasiga olgan va hatto bostirib kirishga tayyor bo‘lgan edi. O‘shanda bu holat - Karib krizisi deb nom olgan edi.
AQSh Rossiya davlat qarziga nisbatan “ekstremal” sanksiyalar kiritmoqchi
Uning ikkita e’tiborga molik xususiyati bor.
Birinchidan, AQSh qirg‘oqlari yaqinida SSSR strategik qurollari paydo bo‘lishi, bu nafaqat bizning davlatlar imkoniyatlarini namoyish qilish, balki raqib tomonidan SSSRning qisqa muddat ichida dunyoning istalgan nuqtasida strategik qurollarini joylashtirish imkoni borligini anglash bo‘lgan.

Ikkinchidan esa, “urushga 5 daqiqa qolganda” ikki davlat rahbarlari vaziyatga sog‘lom fikr bilan baho berib, o‘zaro murosali qaror qabul qilgan holda – dunyoni urushdan saqlab qolgani bo‘lgan.

E’tiborlisi, SSSR va AQSh rahbarlari ba’zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilib, boshqa vaziyatlarda mutasaddi vakillar orqali gaplashib – teng huquqli muloqot o‘rnatishgan. Bir-birlari bilan ultimatum yoki po‘pisalar orqali gaplashishmagan.
Karib krizisi hal bo‘lganidan so‘ng butun 20-asr davomida ikki buyuk davlat urush yoqasiga ana shunday yaqin kelishmagan edi. Chunki ularning ikkalasi ham o‘sha Inqirozdan yetarlicha xulosa chiqarib olishgandi: xalqaro muammolarni hal qilishda hamkorlik qarama-qarshilikdan ko‘ra afzalroq.
Lekin bugun vaziyat biroz boshqacha: AQSh beqaror siyosat tomonga og‘ib ketgan. Bu Eron yadroviy dasturidan voz kechishda, Ochiq osmon shartnomasidan chiqishda va boshqa vaziyatlarda yaqqol ko‘rindi. Hozir esa - yangi prezident tanlagan ohangda yaqqol bilinmoqda.
Yangi strategik vaziyat - Vashingtonning tashqi siyosatdagi beqarorligi – asosan ichki sabablar tufayli vujudga kelgan. Lekin G‘arb yetakchisi sifatida AQShning obro‘yi tushishi ham bunga o‘z hissasini qo‘shmoqda, desak xato bo‘lmaydi.
AQSh ma’muriyatining yangi taktikasi: bir tomondan suhbat qilish kerakligi haqida gapirib, ikkinchi tomondan bosimni kuchaytirishdan iborat. Bunda demokratlarning saylov oldi va’dalarini bajarishni, yangi jamoada qarorlar qabul qilishda yagona siyosiy yo‘nalish yo‘qligini va amerikacha “missionerlikni” ko‘rish mumkin.
Ya’ni “biz har doim haqmiz, siz bizga quloq tutishingiz kerak. Hamkorlar va raqiblar ushbu yo‘nalishni namuna sifatida qabul qilib ushbu “dars” uchun bizdan minnatdor bo‘lishi kerak”, kabilida ish tutishdan iborat bo‘lmoqda.
Peregovori s uchastiyem gossekretarya SShA Entoni Blinkena i sovetnika prezidenta po nasbezopasnosti Djeyka Sallivana, a takje glavi kanselyarii komissii SK KPK po inostrannim delam Yan Szechi i ministra inostrannix del Kitaya Vana I v Ankoridje, SShA - RIA Novosti, 1920, 29.03.2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
AQSh yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti
Ikki prezident telefon suhbati davomida biz muloqotga taklif qilingan bo‘lsak, undan so‘ng darhol keskin talablar va Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritildi, diplomatlar jo‘natib yuborildi, Rossiya tahdidi to‘g‘risidagi farmon imzolandi.
Bunga Ukraina Sharqida tobora keskinlashib borayotgan mojaroni va AQSh rahbariyatining bizni hududga qo‘shin yuborishi haqidagi militaristik bayonotlari - vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda.
AQSh SSSRni teng raqib deb tan olgan va uning fikrini, albatta, inobatga olgan. Ikki davlat harbiy-siyosiy pariteti, NATO va Varshava shartnomasi harbiy uyushmalari hamda xalqaro tashkilotlar tizimi buning uchun xizmat qilgan.
Lekin SSSR tarqalib ketgach, qandaydir vaqt davomida paritet yo‘qoldi. AQSh 15-yillar davomida ulkan kuch va xalqaro miqyosda misli ko‘rilmagan huquqlarga ega bo‘ldi. Tarixda hech qachon hech qanday davlat bunday keng imtiyozlarga ega bo‘lmagan edi. Balki shu sababli ular baravar suhbat qilish nimaligini unutib qo‘yishgandir?
AQSh yangi ma’muriyati, o‘zining “dunyo hukmdori” va kollektiv G‘arb himoyachisi rolini tiklashga harakat qilmoqda, bir vaqtning o‘zida o‘zlarini ham bunga ishontirishga uringan holda. Lekin dunyoda boshqa davlatlar ham ularga teng infratuzilmaviy imkoniyatlar, harbiy-siyosiy qudratga ega bo‘lishi mumkinligini tan olish uchun ularda jur’at yetishmaydi. Masalan Rossiya yoki Xitoy.
Bugungi kunning asosiy savoli shundan iborat-ki, AQSh yangi ma’muriyati o‘tgan asrning 60-yillarida AQSh va SSSR rahbariyati Karib inqirozi vaqtida o‘zlashtirib olgan murosa darsini uqib olarmikan?
Vaziyat cho‘g‘dek qizigan vaqtda muammolarni hal qilishga nima yordam beradi?
Birinchidan, “hal qiluvchi” qaror qabul qilish nimalarga olib kelishini tushunib yetish. Agar g‘alaba keltiradigan zarar kelajakda g‘olibning o‘zini yo‘q qilib yuborishi mumkin bo‘lsa, u holda bu g‘alaba emas.
Ikkinchidan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish. Bu nafaqat ikki prezident orasida telefon aloqasini o‘rnatishni, balki raqibni so‘zlarini tinglashni, uning mantig‘i va dalillariga quloq solishni anglatadi.
Uchinchidan, bu eng muhimi, nafaqat murosaga kelish kerakligini tushunish, balki o‘zi ham ana shunday murosalarga rozi bo‘lishi kerak. Dialoglarni yo‘qqa chiqaruvchi ultimatum va qo‘rslikdan voz kechish lozim.
Aynan shuning uchun ham, “Rossiya javob beradi” kabilidagi so‘zlar to‘g‘ri boshi berk ko‘chaga olib boradi. Bu tunnelning chiqish joyi yo‘q. Bu so‘zlarni qayta-qayta takrolash - hech kimga yorug‘lik olib kelmaydi.
Yangiliklar lentasi
0