https://oz.sputniknews.uz/20210422/shavkat-mirziyoev-iyun-oyida-tojikistonga-safar-qiladi-18452558.html
Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Tojikistonga safar qiladi
Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Tojikistonga safar qiladi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil iyun oyining birinchi yarmida Tojikistonga tashrif buyuradi.
2021-04-22T16:34+0500
2021-04-22T16:34+0500
2021-04-22T16:34+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
tojikiston
emomali rahmon
abdulla aripov
kohir rasulzoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/955/09/9550955_0:0:1201:676_1920x0_80_0_0_83289a4201522f2d51e54cda4991a8fb.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil iyun oyining birinchi yarmida Tojikistonga tashrif buyuradi.Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 21-aprel kuni Dushanbe shahriga O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari vakillaridan iborat ekspertlar delegatsiyasi tashrif buyurgan.Ular savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va suv-energetika, shuningdek, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi.Ekspertlarning ish natijalari Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Xo‘jand shahrida 24-aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvida taqdim etiladi.Xususan, oliy darajadagi tadbir dasturini mazmunli to‘ldirish masalalari, jumladan, O‘zbekiston rahbarining Tojikistonga tashrifi davomida imzolanishi mo‘ljallangan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqiladi.Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga ilk rasmiy davlat tashrifi bilan 2018-yil 9-mart kuni borgan edi. O‘sha yilning avgust oyida esa Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toshkentga safar qilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210218/Emomali-Ramon-zbekiston-tashi-ishlar-vazirini-abul-ildi-16035444.html
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/955/09/9550955_43:0:1108:799_1920x0_80_0_0_b129036bc895e2fb0be680c74beb42d9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, tojikiston, emomali rahmon, abdulla aripov, kohir rasulzoda
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, tojikiston, emomali rahmon, abdulla aripov, kohir rasulzoda
Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Tojikistonga safar qiladi
O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bo‘lajak tashrifini muhokama qildi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil iyun oyining birinchi yarmida Tojikistonga tashrif buyuradi.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, 21-aprel kuni Dushanbe shahriga O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari vakillaridan iborat ekspertlar delegatsiyasi tashrif buyurgan.
Ular savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va suv-energetika, shuningdek, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi.
Ekspertlarning ish natijalari Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Xo‘jand shahrida 24-aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvida taqdim etiladi.
“Ikki mamlakat bosh vazirlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil iyun oyining birinchi yarmida Tojikistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini ham muhokama qiladi”, - deyilgan xabarda.
Xususan, oliy darajadagi tadbir dasturini mazmunli to‘ldirish masalalari, jumladan, O‘zbekiston rahbarining Tojikistonga tashrifi davomida imzolanishi mo‘ljallangan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga ilk rasmiy davlat tashrifi bilan 2018-yil 9-mart kuni
borgan edi. O‘sha yilning avgust oyida esa Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toshkentga
safar qilgan edi.