https://oz.sputniknews.uz/20210422/xonanda-jasur-umirov-ustidan-jinoiy-ish-ochishni-rad-etgan-tergovchiga-chora-korildi-18448630.html
Xonanda Jasur Umirov ustidan jinoiy ish ochishni rad etgan tergovchiga chora ko‘rildi
Xonanda Jasur Umirov ustidan jinoiy ish ochishni rad etgan tergovchiga chora ko‘rildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Xonanda Jasur Umirovga nisbatan nomusga tegish ishi yuzasidan dastlab jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etgan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB Tergov
2021-04-22T13:15+0500
2021-04-22T13:15+0500
2021-04-22T13:15+0500
hodisalar
jasur umirov
jasur umirov ishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/03/15720675_0:287:1991:1406_1920x0_80_0_0_f8e617ccc78b4cc4a091926772bd91f5.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Xonanda Jasur Umirovga nisbatan nomusga tegish ishi yuzasidan dastlab jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etgan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB Tergov bo‘limi tergovchisining harakatiga baho berildi. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan. Unda tergovchi dalillarni soxtalashtirmagani, tergov ishtirokchilarining ko‘rsatmalarini o‘zlarining so‘zlaridan yozib olgani aniqlangan. Shu bois unga nisbatan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Biroq u ish yuzasidan qonuniy qaror qabul qilish uchun dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sabab unga nisbatan viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.Shuningdek, mazkur holatda idoraviy nazoratni yetarli darajada ta’minlamagan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TB boshlig‘iga hayfsan, tuman IIB boshlig‘iga tanbeh intizomiy jazosi qo‘llanilgan.Viloyat IIB TB boshlig‘ining o‘rinbosari esa lavozimdan ozod qilingan.Eslatib o‘tamiz, Jasur Umirov Jinoyat kodeksining nomusga tegish moddasi bilan aybdor deb topilgan va 5-yilga qamalgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210204/Zhasur-Umirovga-arshi-zhinoiy-ish-ochishni-rad-etgan-tergovchining-arakatlari-rganilmoda-15932372.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/03/15720675_0:100:1991:1593_1920x0_80_0_0_9ff1e28726a8f3fec8ec6bf4937204eb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , jasur umirov, jasur umirov ishi
hodisalar , jasur umirov, jasur umirov ishi
Xonanda Jasur Umirov ustidan jinoiy ish ochishni rad etgan tergovchiga chora ko‘rildi
Unga nisbatan viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Xonanda Jasur Umirovga nisbatan nomusga tegish ishi yuzasidan dastlab jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etgan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB Tergov bo‘limi tergovchisining harakatiga baho berildi. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati
xabar qildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tergovga qadar
tekshiruv o‘tkazgan. Unda tergovchi dalillarni soxtalashtirmagani, tergov ishtirokchilarining ko‘rsatmalarini o‘zlarining so‘zlaridan yozib olgani aniqlangan. Shu bois unga nisbatan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Biroq u ish yuzasidan qonuniy qaror qabul qilish uchun dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sabab unga nisbatan viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.
Shuningdek, mazkur holatda idoraviy nazoratni yetarli darajada ta’minlamagan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TB boshlig‘iga hayfsan, tuman IIB boshlig‘iga tanbeh intizomiy jazosi qo‘llanilgan.
Viloyat IIB TB boshlig‘ining o‘rinbosari esa lavozimdan ozod qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Jasur Umirov Jinoyat kodeksining nomusga tegish moddasi bilan aybdor deb topilgan va
5 yilga qamalgan.