Jasur Umirovga qarshi jinoiy ish ochishni rad etgan tergovchining harakatlari o‘rganilmoqda

© Uznews.uzProkuratura
Prokuratura - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2021
Obuna bo‘lish
Prokuratura nomusga tegish aybi bilan qamalgan xonanda Jasur Umirovga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TB tergovchisining harakatlarini o‘rganmoqda.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi xonanda Jasur Umirovning ishi bo‘yicha dastlab jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan IIB tergovchisining harakatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Jasur Umirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2020
Xonanda Jasur Umirov qamoqqa olindi
Ta’kidlanishicha, hozirda ushbu holat bo‘yicha dastlab tergovga qadar tekshirish harakatlari olib bormoqda. Biror-bir shaxsning harakatida jinoyat alomatlari mavjud emasligi asosi bilan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TB tergovchisining harakatlari o‘rganilmoqda.
Tergov departamenti Jasur Umirov ishi bo‘yicha yangi tafsilotlarni ma’lum qildi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jasur Umirov Jinoyat kodeksining nomusga tegish moddasi bilan aybdor deb topilgani va 5-yilga qamalgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0