https://oz.sputniknews.uz/20210422/niderlandiya-kompaniyasi-surxondaryoda-yangi-ies-quradi-18455948.html
Niderlandiya kompaniyasi Surxondaryoda yangi IES quradi
Niderlandiya kompaniyasi Surxondaryoda yangi IES quradi
Sputnik O‘zbekiston
IESning quvvati 1 560 MVt bo‘ladi va loyihaning umumiy qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil etadi. 22.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-22T18:43+0500
2021-04-22T18:43+0500
2021-04-23T11:06+0500
iqtisod
energetika vazirligi
ies
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/16/18455152_0:0:1301:731_1920x0_80_0_0_925f2d8a3d98124af8cdee8aa91d1420.png
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyasi Surxondaryo viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasini (IES) quradi. Bo‘lajak stansiyasidan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida bitim 19-aprel kuni imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.IESning quvvati 1 560 MVt bo‘ladi va loyihaning umumiy qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil etadi. Loyihaning ishga tushish muddati 2024-yil yakuni.“Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish natijasida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi issiqlik elektr stansiyasi yiliga 2,2 milliard kub metr tabiiy gaz sarfiga ega bo‘lib, 1,1 milliard kub metr gazni tejaydi. Uning foydali ish koeffitsiyenti 63 foizni tashkil etadi”, - deyilgan xabarda.Loyiha doirasida eng yangi texnologiyalar, shu jumladan HL sinfidagi zamonaviy “Siemens Energy” ishlab chiqargan bug‘-gaz qurilmalari tatbiq etiladi.Stansiya qurilishi davomida 2 000 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi va IES ishga tushirilgach, 150 nafarga yaqin mutaxassis doimiy ish bilan ta’minlanadi.2020 yilning dekabr oyidan boshlab o‘tkazilgan tadqiqotlar natijada Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi uchun 150 gektar yer maydoni ajratildi.Hujjatlarga ko‘ra, investor ushbu issiqlik elektr stansiyasini loyihalashtiradi, moliyalashtiradi, quradi, ishga tushiradi, 25-yil davomida foydalanadi va boshqaradi.
https://oz.sputniknews.uz/20210401/turk-kompaniyasi-ozbekistonda-quvvati-470-mvt-bolgan-ikkita-ies-qurmoqda-18099250.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/16/18455152_68:0:1223:866_1920x0_80_0_0_e771cacf08fa2e9a59eb2f4e5c6832a8.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, energetika vazirligi, ies
iqtisod, energetika vazirligi, ies
Niderlandiya kompaniyasi Surxondaryoda yangi IES quradi
18:43 22.04.2021 (yangilandi: 11:06 23.04.2021) IESning quvvati 1 560 MVt bo‘ladi va loyihaning umumiy qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil etadi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyasi Surxondaryo viloyatida yangi issiqlik elektr stansiyasini (IES) quradi. Bo‘lajak stansiyasidan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida bitim 19-aprel kuni imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati
xabar qildi.
IESning quvvati 1 560 MVt bo‘ladi va loyihaning umumiy qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil etadi. Loyihaning ishga tushish muddati 2024-yil yakuni.
“Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish natijasida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi issiqlik elektr stansiyasi yiliga 2,2 milliard kub metr tabiiy gaz sarfiga ega bo‘lib, 1,1 milliard kub metr gazni tejaydi. Uning foydali ish koeffitsiyenti 63 foizni tashkil etadi”, - deyilgan xabarda.
Loyiha doirasida eng yangi texnologiyalar, shu jumladan HL sinfidagi zamonaviy “Siemens Energy” ishlab chiqargan bug‘-gaz qurilmalari tatbiq etiladi.
Stansiya qurilishi davomida 2 000 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi va IES ishga tushirilgach, 150 nafarga yaqin mutaxassis doimiy ish bilan ta’minlanadi.
2020 yilning dekabr oyidan boshlab o‘tkazilgan tadqiqotlar natijada Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi uchun 150 gektar yer maydoni ajratildi.
Hujjatlarga ko‘ra, investor ushbu issiqlik elektr stansiyasini loyihalashtiradi, moliyalashtiradi, quradi, ishga tushiradi, 25-yil davomida foydalanadi va boshqaradi.