Turk kompaniyasi O‘zbekistonda quvvati 470 MVt bo‘lgan ikkita IES qurmoqda

© Press-slujba Ministerstva energetiki UzbekistanaTureskaya kompaniya Aksa Enerji stroit v Tashkentskoy oblasti dve TES obshey moshnostyu 470 MVt
Tureskaya kompaniya Aksa Enerji stroit v Tashkentskoy oblasti dve TES obshey moshnostyu 470 MVt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2021
Obuna bo‘lish
Stansiyalarni joriy yilning to‘rtinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. “Aksa Enerji” turk kompaniyasi Toshkent viloyatining Qibray tumanida umumiy quvvati 470 MVt bo‘lgan ikkita issiqlik elektr stansiyasini (IES) quradi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qilmoqda.
Ular tumandagi 7 gektar yer maydonida barpo etilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 300 million dollarni tashkil qiladi. Uni “Aksa Enerji” to‘liq moliyalashtiriladi.
Stansiyalarni joriy yilning to‘rtinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan. Yiliga 3,9 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Ekskursiya po Taxiatashskoy TES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2021
Zamonaviy yechimlar. "Taxiatosh" IES qanday modernizatsiya qilindi
Ta’kidlanishicha, ushbu loyihani amalga oshirish hisobiga yiliga 550 million metr kub tabiiy gaz tejaladi.
Shuningdek, "Aksa Enerji” Buxoro viloyatida gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish loyihasini boshlagan. U uchun yer maydonida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Bu IESning umumiy quvvati 270 MVt bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0