Shavkat Mirziyoyevni ijtimoiy tarmoqlar orqali haqoratlagan shaxs sud oldida javob beradi

© Sputnik / Aleksey Vovk / Mediabankka o‘tishSotrudnik pravooxranitelnix organov snimayet naruchniki
Sotrudnik pravooxranitelnix organov snimayet naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
Obuna bo‘lish
52 yoshli fuqaro ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali prezidentning obro‘siga putur yetkazuvchi va kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatgan
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Jizzax viloyati Baxmal tumanida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni ijtimoiy tarmoqlar orqali haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, 52 yoshli fuqaro V.K. YouTube va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida “V.K.” (nomi qisqartirilgan) profil ochgan. Bu profillari orqali turli mavzularda internet tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishlar qilgan.
Erkak o‘z chiqishlarida prezident rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka noto‘g‘ri talqin qilib, mamlakat prezidentini internet tarmoqlari orqali haqoratlagan. Keyin prezidentning obro‘siga putur yetkazuvchi va kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatgan.
Mashina DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Jizzaxda fuqaroni haqorat qilgan YPX xodimi maoshining 50 foizidan ayrildi
Hozir unga nisbatan Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi (O‘zbekiston prezidentini internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda prezidentni internetda haqoratlash yoki unga tuhmat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangani xabar qilingan edi. Bu jinoyat uchun 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5-yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0