https://oz.sputniknews.uz/20210416/nufuzli-lancet-jurnalida-xitoy-ozbek-vaktsinasi-haqida-maqola-chop-etildi--18366453.html
Nufuzli Lancet jurnalida xitoy-o‘zbek vaksinasi haqida maqola chop etildi
Nufuzli Lancet jurnalida xitoy-o‘zbek vaksinasi haqida maqola chop etildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Britaniyaning nufuzli The Lancet tibbiyot jurnalida Xitoyning O‘zbekiston bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan vaksinasining 2 bosqich
2021-04-16T12:56+0500
2021-04-16T12:56+0500
2021-04-16T12:56+0500
jamiyat
vaksina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1f/18055846_0:0:1301:731_1920x0_80_0_0_42d03913adb20ca57b6c0f4ad973586b.jpg
TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Britaniyaning nufuzli The Lancet tibbiyot jurnalida Xitoyning O‘zbekiston bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan vaksinasining 2 bosqich sinovlari natijasi haqida maqola chop etildi. Unda aytilishiga ko‘ra, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi II bosqich klinik tadqiqotlari 2020-yilning iyul oyidan boshlab Xitoyning Chansha va Xunan shaharlarida o‘tkazilgan. Tadqiqotlarda 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan 900 nafar sog‘lom ko‘ngillilar ishtirok etgan. Ko‘ngillilar bir necha guruhga bo‘linib, guruhlardan ikkitasi vaksinaning kam dozali (25 mkg) miqdori bilan 2 va 3 marotaba emlanganlar. Yana bir guruh vaksinainng yuqori dozali ( 50mkg) miqdori bilan 2 va 3 marotaba emlangan. Uchinchi guruhga esa platsebo ukoli qilingan. Sinov vaqtida ko‘ngillilar muntazam ravishda ko‘rikdan o‘tkazilib, mutaxassislar va shifokorlar tomonidan qattiq nazorat ostida kuzatib borilgan.Jurnalda keltirilgan xulosada aytilishiga ko‘ra, 2 bosqich sinovlar xulosasi quyidagicha bo‘lgan. 2 marotaba emlash natijalari: 3 marotaba emlash natijalari: Ushbu sinovlar darajasida vaksinadan so‘ng 30 kun ichida 2-4% ko‘ngillilarda vaksinaning noxush asoratlari sezilgan, lekin ular jiddiy bo‘lmagan. Umumiy natijalarga ko‘ra, turli xil antigen dozalari bo‘lgan rekombinant koronavirus vaksinasi ikkinchi dozadan keyin preparatning immunogenligi yaxshi ko‘rsatkichga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.
https://oz.sputniknews.uz/20210402/ozbekiston-va-xitoy-hamkorligida-ishlab-chiqarilgan-vaktsina-mutlaqo-xavfsiz--vazirlik--18113317.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1f/18055846_133:0:1134:751_1920x0_80_0_0_dbc8a277a5a9c428a473d8a1d282baff.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, vaksina
Nufuzli Lancet jurnalida xitoy-o‘zbek vaksinasi haqida maqola chop etildi
Sinov natijalariga ko‘ra, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi kam doza bilan 3 marotaba emlanganda 97 % samaradorlik berishi aniqlangan.
TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Britaniyaning nufuzli The Lancet tibbiyot jurnalida Xitoyning O‘zbekiston bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan vaksinasining 2 bosqich sinovlari natijasi haqida
maqola chop etildi.
Unda aytilishiga ko‘ra, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi II bosqich klinik tadqiqotlari 2020-yilning iyul oyidan boshlab Xitoyning Chansha va Xunan shaharlarida o‘tkazilgan. Tadqiqotlarda 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan 900 nafar sog‘lom ko‘ngillilar ishtirok etgan.
Ko‘ngillilar bir necha guruhga bo‘linib, guruhlardan ikkitasi vaksinaning kam dozali (25 mkg) miqdori bilan 2 va 3 marotaba emlanganlar. Yana bir guruh vaksinainng yuqori dozali ( 50mkg) miqdori bilan 2 va 3 marotaba emlangan. Uchinchi guruhga esa platsebo ukoli qilingan.
Sinov vaqtida ko‘ngillilar muntazam ravishda ko‘rikdan o‘tkazilib, mutaxassislar va shifokorlar tomonidan qattiq nazorat ostida kuzatib borilgan.
Jurnalda keltirilgan xulosada aytilishiga ko‘ra, 2 bosqich sinovlar xulosasi quyidagicha bo‘lgan.
2 marotaba emlash natijalari:
25 mkg – 76 % (150 kishidan 114 nafarida immunitet paydo bo‘lgan)
50 mkg –72 % (150 kishidan 108 da)
3 marotaba emlash natijalari:
25 mkg – 97 % (148 kishidan 143 nafarida)
50 mkg – 93 % (148 kishidan 138 da immunitet paydo bo‘lgan)
Ushbu sinovlar darajasida vaksinadan so‘ng 30 kun ichida 2-4% ko‘ngillilarda vaksinaning noxush asoratlari sezilgan, lekin ular jiddiy bo‘lmagan.
Umumiy natijalarga ko‘ra, turli xil antigen dozalari bo‘lgan rekombinant koronavirus vaksinasi ikkinchi dozadan keyin preparatning immunogenligi yaxshi ko‘rsatkichga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.